Bugun
Nikolo Trezoldi «Bryugge»da het-trik bilan «Inter»ni yutdi
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

G‘arbiy Sohilda noqonuniy aholi punktlari ko‘paymoqda

Dunyo
54
G‘arbiy Sohilda noqonuniy aholi punktlari ko‘paymoqda
Isroil nazorati ostidagi G‘arbiy Sohilda yahudiy ko‘chmanchilarining yangi aholi punktlari tashkil etish jarayoni tezlashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xalqaro axborot manbalariga ko‘ra, bu hududlarda qurilayotgan kichik posyolkalar vaqt o‘tishi bilan yirik yashash joylariga aylanyapti. Mutaxassislarning fikricha, bu holat Falastin davlati tuzilishiga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda.

Mahalliy falastinlik oilalar ko‘chmanchilar tomonidan uyushtirilayotgan hujumlar sababli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lishmoqda. Ayrim hududlarda uylar yoqib yuborilgan, chorva mollari olib ketilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda yuzlab falastinliklar bunday hujumlar oqibatida jarohat olgan. Hisobotlarga ko‘ra, joriy yilda G‘arbiy Sohilda 80 ta noqonuniy aholi punkti tashkil etilgan.

Isroil hukumati ayrim posyolkalarni keyinchalik rasmiy maqomga ega qilib, qonuniylashtirmoqda. Hukumat vakillari bu siyosatni xavfsizlik bilan izohlamoqda, biroq xalqaro tashkilotlar bunga tanqidiy yondashmoqda.

Xalqaro hamjamiyat G‘arbiy Sohildagi noqonuniy aholi punktlarini xalqaro qonunlarga zid deb baholamoqda. Huquq himoyachilarining ta’kidlashicha, ko‘chmanchilar tomonidan sodir etilayotgan ko‘plab hujumlar bo‘yicha yetarlicha jiddiy choralar ko‘rilmayapti.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32