Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+6°
ясно ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Yaponiyada 50 dan ortiq mashina to‘qnashdi, 2 kishi halok bo‘ldi.

Dunyo
32
Yaponiyada 50 dan ortiq mashina to‘qnashdi, 2 kishi halok bo‘ldi.
Yaponiyaning markaziy qismida joylashgan Gunma prefekturasida katta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hodisada 50 dan ortiq avtomobil ishtirok etgan. Natijada, ikki kishi halok bo‘lgan, 26 nafar fuqaro esa turli darajada jarohat olgan.

Mahalliy NHK telekanalining xabar berishicha, hodisa tezyurar avtomobil yo‘lida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lda muzlagan qoplamaning hosil bo‘lgani sababli avtomobillar to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida kamida 10 ta avtomobil yonib ketgan. Favqulodda xizmatlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, jarohatlanganlarning besh nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Qolgan 21 kishi esa yengil tan jarohatlari olgan. Hodisa sababli tezyurar yo‘lning ayrim qismlari vaqtincha harakat uchun yopilgan.

Hozirda voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. Mutasaddilar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026