Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Xitoy Tayvan atrofida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Dunyo
31
Xitoy Tayvan atrofida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi
Xitoy Tayvan atrofida jonli o‘q otish mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu mashg‘ulotlarda harbiy kuchlar, harbiy kemalar, samolyotlar va artilleriya vositalari ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi Tayvan portlarini yopish va orolni harbiy jihatdan o‘rashga qaratilgan edi.

Tayvan esa bunga javoban o‘z askarlarini safarbar qilib, harbiy texnikasini namoyish etdi va hujumni qaytarishga tayyorligini bildirdi. Xitoy harbiy qo‘mondonligi mashg‘ulotlar Tayvan bo‘g‘ozining shimoliy va janubi-g‘arbiy hududlarida olib borilganini ma’lum qildi.

Tayvan xavfsizlik rasmiylari esa orol atrofida bir necha harbiy kemalar va samolyotlar faoliyat yuritayotganini qayd etdi. Ularning ayrimlari orolning 24 dengiz mili radiusiga yaqinlashgani haqida xabar berildi.

Mazkur mashg‘ulotlar AQShning Tayvanga qurol yetkazib berganidan 11 kun o‘tib boshlandi. Tayvan qirg‘oq qo‘riqlash xizmati mashg‘ulotlarning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida harbiylar bilan birgalikda faoliyat olib bormoqda.

Tayvan qurolli kuchlari yuqori darajada tayyorgarlik holatida bo‘lib, tezkor javob choralariga tayyor ekanini ma’lum qildi. Tayvan hukumati Xitoyning bu harakatlarini qoraladi va demokratik qadriyatlarni himoya qilishga sodiqligini ta’kidladi.

Shuningdek, Tayvan aholisi orolning kelajagini faqat o‘zlari hal qilish huquqiga ega ekanini yana bir bor eslatdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026