Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Shveysariyada portlash: 40 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
52
Shveysariyada portlash: 40 kishi halok bo‘ldi
Shveysariyada Yangi yil bayrami arafasida fojiali hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

1-yanvar kuni mamlakatning Vale kantonida joylashgan Kran-Montana tog‘-chang‘i kurorti hududida portlash yuz bergan va uning ortidan kuchli yong‘in kelib chiqqan. Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 01:30 atrofida Le Constellation nomli barda sodir bo‘lgan.

Ushbu vaqtda barda 100 dan ortiq odam bo‘lgani ma’lum qilingan. Reuters agentligining Shveysariya politsiyasiga tayanib xabar berishicha, portlash oqibatida 40 ga yaqin kishi halok bo‘lgan, kamida 115 kishi tan jarohati olgan.

Politsiya tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida qurbonlar soni aniq aytilmagan, faqat "bir necha o‘nlab" odamlar halok bo‘lgani ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu fojia munosabati bilan Shveysariya xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Hodisa sabablari yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026