Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Ganada "payg‘ambar" deb atalgan shaxs qo‘lga olindi

Dunyo
49
Ganada
Ganada o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan va qiyomat yaqinligini targ‘ib qilgan Evans Eshun ismli shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U o‘zini "Ebo Nuh" deb atab, insoniyatni qutqarish uchun kema qurishni boshlaganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, 2025-yilning 25-dekabrida global suv toshqini boshlanishi kutilayotgan edi.

Ebo Nuh odamlarni ushbu falokatdan qutqarish uchun 10 ta zamonaviy kema qurishni va’da qilgan va buning uchun ko‘plab odamlarni o‘z g‘oyalariga ishontirishga harakat qilgan. Ammo Rojdestvo kuni hech qanday falokat yuz bermagach, Ebo Nuh Xudo uning ibodatlari tufayli suv toshqinini kechiktirgani haqida da’vo qilgan.

U o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi videolari orqali kema qurilishini nazorat qilayotganini ko‘rsatgan. Biroq uning bu harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidga uchradi.

Ko‘plab foydalanuvchilar uni jamoatchilikni aldashda va xavf tug‘dirishda ayblab, qonuniy choralar ko‘rishni talab qilishdi. Natijada mahalliy politsiya Ebo Nuhni qo‘lga oldi.

Ushbu voqea nafaqat Ganada, balki butun dunyoda, jumladan, o‘zbekistonliklar orasida ham katta e’tibor va muhokamalarga sabab bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026