Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

2040-yilga borib misga talab 50% oshadi

Dunyo
25
2040-yilga borib misga talab 50% oshadi
2040-yilga kelib dunyoda misga bo‘lgan talab keskin oshishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yillik iste’mol 2025-yildagi 28 million tonnadan 42 million tonnagacha yetishi, ya’ni qariyb 50 foizga ko‘payishi mumkin. Bu haqda S&P Global hisobotiga asoslanib, Reuters xabar bergan.

Hisobotga ko‘ra, bu o‘sishning asosiy sabablari sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi, mudofaa sohasidagi buyurtmalarning ortishi hamda robototexnika bozorining kengayishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, tahlilchilar mis qazib olish va uni qayta ishlash quvvatlari oshirilmasa, jiddiy tanqislik yuzaga kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Agar bu muammolar hal qilinmasa, mis yetishmovchiligi yiliga 10 million tonnadan oshib ketishi ehtimoli mavjud. Misga bo‘lgan talabning oshishiga mudofaa xarajatlarining ko‘payishi ham sabab bo‘lmoqda.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojarolar davom etayotgani, shuningdek, Yaponiya, Germaniya va boshqa davlatlarning iqtisodiyotida harbiylashuv jarayonlari misga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda. Mis elektrlashtirish jarayonida asosiy metall bo‘lib qolmoqda.

U deyarli barcha elektron qurilmalarda, qurilishda va transport tizimlarida keng qo‘llanadi. Misning eng yirik ishlab chiqaruvchilari Chili va Peru bo‘lsa, Xitoy uni qayta ishlashda yetakchi hisoblanadi.

AQSh esa o‘zining misga bo‘lgan ehtiyojining qariyb yarmiga import orqali javob bermoqda. Hisobotda chuqur dengiz konlaridan olinishi mumkin bo‘lgan mis zaxiralari hisobga olinmagani qayd etilgan.

Talabning o‘sish prognozlari esa davlatlarning iqlim siyosatidan qat’i nazar, asosiy ssenariyga asoslangan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026