Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Isroil AQSh-Eron keskinligi fonida xavfsizlikni kuchaytirdi

Dunyo
62
Isroil AQSh-Eron keskinligi fonida xavfsizlikni kuchaytirdi
Isroil hukumati AQShning Eronga ehtimoliy aralashuvi tufayli xavfsizlik choralarini kuchaytirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Eronda so‘nggi yillarda kuzatilayotgan eng yirik hukumatga qarshi namoyishlar davom etayotgan bir paytda, Isroil vaziyatni diqqat bilan kuzatib, ehtimoliy keskinlikka tayyor holatda turibdi. So‘nggi kunlarda AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi vaziyat bo‘yicha bir necha bor bayonot berdi.

U Eron hukumatini namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatmaslikka chaqirdi va AQSh zarurat tug‘ilsa yordam berishga tayyor ekanini ta’kidladi. Ushbu bayonotlar mintaqadagi keskinlikni yanada kuchaytirdi.

Shu hafta oxirida Isroil xavfsizlik tuzilmalari yig‘ilish o‘tkazib, vaziyatni muhokama qildi. Biroq yuqori shay holatning aniq qanday choralarni o‘z ichiga olishi haqida ma’lumot berilmadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Isroil va Eron o‘rtasida 12 kun davom etgan harbiy to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgandi. Ushbu voqealarda AQSh ham ishtirok etgan edi.

Shanba kuni Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular AQShning Eronga ehtimoliy aralashuvi masalasini muhokama qilgan.

Isroil rasmiylari Erondagi ichki namoyishlarga bevosita aralashish niyati yo‘qligini bildirgan bo‘lsa-da, mintaqada vaziyat keskinligicha qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026