Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Eron namoyishlarida 490 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
22
Eron namoyishlarida 490 kishi halok bo‘ldi
Eronning bir qancha hududlarida narxlarning oshishi ortidan boshlangan namoyishlar davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Reuters agentligining xabar berishicha, ikki haftadan beri davom etayotgan bu tartibsizliklar oqibatida kamida 490 nafar namoyishchi va xavfsizlik kuchlarining 48 vakili halok bo‘lgan. Shuningdek, 10 mingdan ortiq kishi hibsga olingani ma’lum qilinmoqda.

Bu haqda Kursiv.uz nashri xabar berdi. Hozircha Eron hukumati namoyishlar chog‘ida halok bo‘lganlar soni bo‘yicha rasmiy ma’lumot bermagan.

AQSH prezidenti Donald Tramp esa namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatish davom etsa, AQSH aralashishi mumkinligini ta’kidladi. Manbalarning xabar berishicha, Vashington turli chora-tadbirlarni ko‘rib chiqmoqda.

Ular orasida kiberhujumlar, iqtisodiy sanksiyalarni kuchaytirish va aniq harbiy zarbalar kiritish ehtimoli bor. Tramp, shuningdek, Eron hududida internetni qayta tiklash maqsadida Starlink sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini ishga tushirish masalasini Ilon Mask bilan muhokama qilayotganini ma’lum qilgan.

Bu orada Eron parlamenti spikeri Mohammad Boqer Qolibof AQSH va uning ittifoqchilariga qarshi ehtimoliy javob zarbalari haqida gapirdi. U nishon sifatida AQSH harbiy bazalari, kemalari va Isroil hududini tilga oldi.

Eron rasmiylari esa namoyishlar va tartibsizliklar ortida AQSH va Isroil turganini iddao qilmoqda. Shu bilan birga, Eron hukumati aholiga G‘arbning “fitnalari”ga qarshi mitinglarda ishtirok etishga chaqirgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026