ENRU

81 yoshli buvi Minecraft orqali nabirasiga yordam bermoqda

Dunyo
45
81 yoshli buvi Minecraft orqali nabirasiga yordam bermoqda
Kaliforniyada yashovchi 81 yoshli Syu Jeko zamonaviy texnologiyalarni o‘ziga xos tarzda ishga solib, oilasini qo‘llab-quvvatlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U nabirasidan mashhur Minecraft o‘yinini o‘rganib, YouTube platformasida GrammaCrackers nomli kanal ochdi. Ushbu kanal qisqa vaqt ichida internet foydalanuvchilari orasida mashhurlikka erishdi.

Bir oy ichida uning obunachilari soni 100 mingdan oshdi. Syuning geymerlik yoki videoblogerlik borasida oldin hech qanday tajribasi bo‘lmagan.

Texnologiyalardan faqat kundalik ehtiyojlar uchun foydalanib kelgan. Biroq nabirasi Jek og‘ir xastalik bilan kurashayotgani sabab, Syu yangi imkoniyatlarni sinab ko‘rishga qaror qiladi.

Dastlab o‘yin o‘ynash va strimlar olib borish unga qiyin tuyulgan. Ammo u o‘z sa’y-harakatlari bilan vlogerlik orqali daromad topishga erishdi.

Kanaldan tushayotgan mablag‘lar, ya’ni monetizatsiya, reklama va tomoshabinlarning xayriyasi, 17 yoshli Jekning davolanishi uchun sarflanmoqda. Jek saraton kasalligiga qarshi kuchli davolash kursini o‘tkazgan.

Hozirda esa uzoq muddatli reabilitatsiya jarayonida. Syuning Minecraft o‘yiniga qiziqishi aynan Jekning yordamida boshlangan.

O‘tgan yil yozida Jek buvisiga o‘yin asoslarini o‘rgatgan edi. Bundan tashqari, oila GoFundMe platformasida ham xayriya aksiyasini yo‘lga qo‘ygan.

Syuning strimlarini tomosha qilayotgan ko‘plab odamlar ushbu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu voqea nafaqat oilaviy birdamlik, balki insoniy mehr va yangi imkoniyatlarni izlashning yorqin namunasi bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59