Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

AQSh qo‘shinlari Ain al-Asad bazasidan chiqdi

Dunyo
24
AQSh qo‘shinlari Ain al-Asad bazasidan chiqdi
Iroq mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, AQSh qo‘shinlari mamlakat g‘arbidagi Ain al-Asad aviabazasidan to‘liq chiqib ketdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda ushbu baza butunlay Iroq armiyasi nazoratiga o‘tkazildi. Mazkur aviabaza uzoq yillar davomida AQSh va koalitsiya kuchlari tomonidan foydalanib kelingan edi.

2024 yilda Vashington va Bag‘dod o‘rtasida AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlarini Iroqdan olib chiqish va ikki tomonlama xavfsizlik hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi. Ushbu baza mintaqadagi ziddiyatli vaziyatlarda, ayniqsa, 2020 yilda Eron generali Qosim Sulaymoni o‘ldirilganidan so‘ng, Eronni qo‘llab-quvvatlovchi qurolli guruhlar tomonidan hujumga uchragan.

Iroq armiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSh qo‘shinlari bazani tark etgan, ammo ba’zi logistika masalalari sababli bir necha harbiy xodim bazada qolgan. Ushbu jarayonning tafsilotlari xavfsizlik nuqtai nazaridan oshkor qilinmagan.

Dastlabki rejalarga ko‘ra, AQSh qo‘shinlarining bir qismi 2025 yil sentyabriga qadar, qolganlari esa 2026 yil oxirigacha Iroqdan chiqib ketishi belgilangan edi. Hozircha chiqishning qachon boshlanganiga oid aniq ma’lumot rasmiy ravishda e’lon qilinmagan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026