Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+16°
переменная облачность ветер 1 м/с, Ю
ENRU

De Beers olmos narxlarini bir yil ichida pasaytirdi

Dunyo
23

De Beers olmos narxlarini bir yil ichida pasaytirdi

De Beers kompaniyasi bir yil ichida ilk bor olmoslarning rasmiy narxlarini pasaytirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 

Bloomberg agentligi ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya oxirgi marta bunday qarorni 2024 yilning dekabr oyida qabul qilgan edi. Avvalroq De Beers bozorni ushlab qolish maqsadida ayrim turdagi olmoslarni yopiq savdolarda chegirma bilan taklif qilgan.

Biroq o‘sha vaqtda rasmiy narxlar ba’zi toifalarda bozor bahosidan qariyb 25 foiz yuqori darajada saqlanib qolgan edi. Narxlarni qayta ko‘rib chiqishga bir nechta omil sabab bo‘ldi.

Xususan, Xitoyda qimmatbaho taqinchoqlarga talabning pasayishi, sun’iy olmoslarning ommalashuvi va Hindistondan AQShga eksport qilinadigan olmoslarga yuqori bojxona to‘lovlari joriy etilishi narxlar pasayishiga turtki bo‘ldi. Yil boshidagi savdolarda De Beers, ayniqsa, hajmi uchdan to‘rt karatdan kattaroq bo‘lgan qayta ishlanmagan olmoslarning narxini sezilarli darajada tushirdi.

Bloomberg xabariga ko‘ra, kompaniya odatda bozorni beqarorlashtirmaslik uchun narxlarni pasaytirishdan o‘zini tiyadi, ammo bu safar istisno holat yuz berdi. Narxlarning pasayish hajmi hozircha aniq oshkor etilmadi, bunga taklif tarkibi va narx belgilash tartibidagi o‘zgarishlar ta’sir qilgani aytilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026