Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Domodedovo aeroporti kimoshdi savdosi bekor qilindi

Dunyo
23
Domodedovo aeroporti kimoshdi savdosi bekor qilindi
Domodedovo aeroportini sotish bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilgan kimoshdi savdosi xaridorlar yo‘qligi sababli amalga oshmadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda RBK xabar berdi. Manbalarning ma’lumotiga ko‘ra, savdoda qatnashish uchun faqat birgina ariza kelib tushgan.

Ushbu ariza yakka tartibdagi tadbirkor Yevgeniy Bogatiy tomonidan yuborilgan bo‘lsa-da, u zaruriy hujjatlarni to‘liq taqdim etmagani sababli komissiya tomonidan savdoga qo‘yilmadi. Ma’lumki, 2025-yilning iyun oyida Moskva viloyati Arbitraj sudi qaroriga binoan, Domodedovo aeroporti davlat mulkiga o‘tkazilgan edi.

Sud aeroportning benefitsiarlari xorijiy davlatlar – Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Isroil fuqarolari ekanligini aniqlagan. Ular mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan aktivlarni boshqarib, foydani chet elga olib chiqib ketganlikda ayblangan.

Bu esa Rossiya qonunchiligini buzilishiga olib kelgan. O‘tgan yil oxirida Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Domodedovoni xususiylashtirish bo‘yicha auksion 2026-yil boshida o‘tkazilishini va potensial investorlar qiziqish bildirganini ma’lum qilgan edi.

Yanvar oyida aeroport 132 milliard rubl narx bilan savdoga qo‘yilgan edi, biroq hozircha xaridorlar topilmadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026