Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Ronaldu haykali yonida noma’lum shaxs yong‘in chiqardi

Dunyo
24
Ronaldu haykali yonida noma’lum shaxs yong‘in chiqardi
Portugaliyaning Madeyra orolida Krishtianu Ronaldu haykali atrofida jamoatchilikning e’tiborini tortgan noxush hodisa yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

SR7 muzeyi oldida noma’lum shaxs futbolchining haykaliga o‘t qo‘yishga uringan. Ushbu voqea videoga olinib, keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgani ma’lum qilingan.

Bu haqda UOL nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisani sodir etgan shaxs ushbu videoni o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirgan va izoh qismida “Bu Xudoning oxirgi ogohlantirishi” deb yozgan.

Shuningdek, Krishtianu Ronalduning rasmiy akkaunti ham belgilangan. Ushbu harakat va bayonot ko‘plab savollarni keltirib chiqardi.

Videoyozuvda erkak haykalga yonuvchan suyuqlik sepib, uni yoqib yuborayotgani aks etgan. Keyin u musiqa qo‘yib, raqsga tushgan.

Ammo yong‘in uzoq davom etmagan, alanga tezda o‘chib, haykalga katta zarar yetmagan. Mazkur haykal Madeyra orolining Funshal shahrida o‘rnatilgan bo‘lib, bu joy turistlar orasida mashhur sanaladi.

Haykal SR7 muzeyi oldida joylashgan bo‘lib, muzeyda Ronaldu faoliyatiga oid yutuqlar, portretlar va shaxsiy buyumlar namoyish etiladi. “Korreyu da Manya” nashrining yozishicha, Madeyra oroli Jamoat xavfsizligi politsiyasi voqeani sodir etgan shaxsni aniqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs avval ham shunga o‘xshash harakatlari bilan tanilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026