Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Eron namoyishlarida 3117 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
20
Eron namoyishlarida 3117 kishi halok bo‘ldi
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi mamlakatda davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, namoyishlar paytida halok bo‘lganlar soni 3117 kishiga yetgan. Qurbonlarning asosiy qismi, ya’ni 2427 nafari tinch aholi va xavfsizlik xodimlari bo‘lsa, 690 nafari «terrorchilar» sifatida qayd etilgan.

Namoyishlar davomida katta miqdordagi zarar yetkazilgani aytilmoqda. Xususan, 305 ta tez yordam mashinasi va avtobus, 24 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasi, 700 ta savdo do‘koni, 300 ta xususiy uy, 750 ta bank, 414 ta davlat muassasasi, 749 ta politsiya bo‘limi va 120 ta Basij markazi zarar ko‘rgan.

Shuningdek, 200 ta maktab, 350 ta masjid, 15 ta kutubxona, 2 ta arman cherkovi, 253 ta avtobus bekati, 600 ta bankomat va 800 ta shaxsiy avtomobil ham vayron qilingan. Norozilik namoyishlari mamlakatdagi iqtisodiy ahvolga nisbatan norozilik sababli dekabr oyining oxirida boshlangan.

Rasmiylar bu tartibsizliklarni tashkil etishda Qo‘shma Shtatlar va Isroilni ayblamoqda. Shu bilan birga, AQSH prezidenti Donald Tramp namoyishlarning keskin bostirilishi holatida Eronni jiddiy javob choralari kutayotganini ta’kidlagan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026