Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

250 km masofani bosib o‘tgan mushuk uyiga qaytdi

Dunyo
31
250 km masofani bosib o‘tgan mushuk uyiga qaytdi
Ispaniyadan Fransiyagacha 250 kilometr masofani bosib o‘tib uyiga qaytgan mushuk haqida hikoya ko‘pchilikni hayratga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu voqea Fil-u laqabli mushukning o‘z uyiga bo‘lgan ishonch va iroda kuchini namoyon etdi. France Info xabariga ko‘ra, mushukning egalari Evelin va Patrik Sir o‘tgan yozda farzandlari bilan Ispaniyaga dam olishga borgan.

Avgust oyida ular ta’tilni yakunlab, yashaydigan joyi — Fransiyaning Olonzak kommunasiga qaytishga qaror qilishgan. Yo‘lda benzin quyish shoxobchasida to‘xtashganida, mushuk mashinadan tushib qolganini sezmay qolishgan.

Oila mushukning yo‘qligini ancha uzoqlashgach payqagan va darhol qaytib uni qidirishga kirishgan. Ammo benzin quyish shoxobchasida ham, uning atrofida ham mushukdan darak topa olishmagan.

Shundan so‘ng ular mushukni yo‘qotganliklarini tushunib, og‘ir kayfiyatda uylariga qaytgan. Oradan besh oy o‘tib, kutilmaganda Olonzak kommunasida yashovchi Elen ismli bir ayol oilaga qo‘ng‘iroq qiladi.

U 9 dekabr kuni mushukni o‘z hovlisida ko‘rib qolganini va unga yordam berganini aytadi. Ayol mushukni parvarish qilib, oziqlantirib kelgan.

Mushuk yo‘talayotgani sababli uni veterinarga olib borganda, mutaxassislar unda maxsus chip borligini aniqlashgan. Chipdagi ma’lumotlar orqali Elen mushukning egalarini topib, ular bilan bog‘langan.

Shu tariqa, Fil-u besh oylik sarguzashtdan so‘ng o‘z uyiga qaytadi. Mushukning 250 kilometr masofani qanday bosib o‘tgani esa hanuz sirligicha qolmoqda.

U yo‘lni o‘zi topganmi, transportdan foydalanganmi yoki biror kishining yordami bilan yetib kelganmi — bu savollar javobsiz. Ammo bir narsa aniq: Fil-u o‘z uyiga bo‘lgan sadoqatini va irodasini yana bir bor isbotladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026