Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

AQShda kuchli bo‘ron: 428 ming kishi elektrsiz qoldi

Dunyo
23
AQShda kuchli bo‘ron: 428 ming kishi elektrsiz qoldi
AQShda kuchli qor bo‘roni oqibatida 428 mingdan ortiq kishi elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

PowerOutage.us xabariga ko‘ra, yog‘ingarchilik va kuchli shamol bir qator hududlarda elektr tarmoqlariga zarar yetkazgan. Bu holat elektr ta’minoti uzilishlariga sabab bo‘lgan.

Fox News ma’lumotiga ko‘ra, ob-havoning keskin yomonlashishi aviatsiya sohasiga ham jiddiy zarar yetkazdi. So‘nggi to‘rt kun ichida Amerika aviakompaniyalari tomonidan 16 mingdan ortiq reys bekor qilingan.

The Washington Post xabarida aytilishicha, kamida 22 shtatda qishki bo‘ron tufayli favqulodda holat e’lon qilingan. Milliy ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 24-yanvar kuni Kanzas-Siti shahrida so‘nggi 70 yilda kuzatilgan eng kuchli qor yog‘ishi qayd etilgan.

Yog‘in miqdori taxminan 13 sm bo‘lib, avvalgi rekord 5,5 sm atrofida edi. Sinoptiklar qor va muzlash davom etishini, bu esa elektr hamda transport tizimlarida qo‘shimcha muammolar keltirib chiqarishi mumkinligini ma’lum qilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026