Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Eronda xalqaro internet cheklovlari bekor qilinmoqda

Dunyo
52
Eronda xalqaro internet cheklovlari bekor qilinmoqda
Eronda xalqaro internetga kirish bo‘yicha cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilinmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Diplomatik manbalarning ma’lumotiga ko‘ra, yanvar oyidan boshlab Eron hukumati xalqaro internetdan foydalanish bo‘yicha avval joriy etilgan cheklovlarni yumshatish jarayonini boshlagan. Bu ish bir vaqtning o‘zida emas, balki bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani ta’kidlanmoqda.

Manbalarga ko‘ra, cheklovlar nafaqat milliy internet platformasi bilan chegaralanib qolmay, balki xalqaro tarmoqlardan foydalanishga ham ta’sir qilgan. Xabarda 19 yanvardan boshlab xalqaro internetga kirishdagi to‘siqlar izchil ravishda olib tashlanayotgani haqida ma’lumot berilgan.

Shu bilan birga, Eron prezidenti Masud Pezeshkian tegishli idoralarga internet xizmatlarini rivojlantirish va xalqaro tarmoqqa kirishni ta’minlash maqsadida cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ham qayd etishgan. Bundan oldin, mamlakatda milliy valyutaning keskin qadrsizlanishi sababli 28 dekabr kuni ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan edi.

Ushbu namoyishlar 46 ta shaharga tarqalgan. 8 yanvar kuni esa mamlakatda internet va mobil aloqa to‘liq o‘chirilgani, bu esa axborot oqimini qattiq cheklab qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026