Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

O‘zbekistonda Nipah virusi aniqlanmadi, ehtiyot bo‘ling!

Dunyo
26
O‘zbekistonda Nipah virusi aniqlanmadi, ehtiyot bo‘ling!
Hindistonda Nipah virusi bilan bog‘liq yangi holatlar qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu virus xavfli bo‘lib, hozirgacha uning vaksinasini yaratish yoki aniq davolash usulini topish imkoni bo‘lmagan. Shu sababli, ko‘pchilikni bu kasallik O‘zbekistonga ham kirib kelishi mumkinmi, degan savol qiziqtirmoqda.

Bu borada O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi rasmiy bayonot berdi. Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatimizda Nipah virusi bilan bog‘liq birorta holat aniqlanmagan.

Epidemiologik vaziyat qat’iy nazorat ostida. Shunga qaramay, mutaxassislar ehtiyotkorlikni saqlash zarurligini ta’kidlashmoqda.

Nipah virusi zoonoz kasalliklar turiga kiradi, ya’ni u hayvonlardan insonga yuqishi mumkin. Asosiy tashuvchilar meva yeyuvchi ko‘rshapalaklardir.

Virus zararlangan oziq-ovqat, mevalar yoki suv orqali, ba’zi hollarda esa insondan insonga ham yuqishi mumkin. Kasallik og‘ir kechadi va bosh miya yallig‘lanishi, nafas yo‘llarining zarar ko‘rishi kabi jiddiy asoratlarga olib kelishi ehtimoli bor.

So‘nggi yillarda Hindistonda va Janubi-Sharqiy Osiyoning ayrim davlatlarida Nipah virusi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmoqda. Shu sababli, ushbu mintaqalarga safar qilishda ehtiyot choralariga amal qilish juda muhim.

Sanepidqo‘m Hindistonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga bir qator tavsiyalar berdi. Jumladan, qo‘llarni muntazam yuvish, antiseptik vositalardan foydalanish, meva va sabzavotlarni yaxshilab tozalash, tekshirilmagan suvni iste’mol qilmaslik kerak.

Shuningdek, ko‘rshapalaklar shikastlagan yoki tishlagan mevalardan butunlay voz kechish lozim. Safar vaqtida yoki undan keyin yuqori harorat, bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik kabi alomatlar sezilsa, darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kasallikni erta aniqlash jiddiy asoratlardan saqlanish uchun muhim ahamiyatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026