Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Tramp Janubiy Koreyani kelishuvni buzishda aybladi

Dunyo
22
Tramp Janubiy Koreyani kelishuvni buzishda aybladi
Donald Tramp o‘zining Truth Social’dagi sahifasida Janubiy Koreyani o‘tgan yili erishilgan savdo kelishuviga rioya qilmayotganlikda aybladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U keng turdagi mahsulotlarga, jumladan avtomobillar, yog‘och materiallari va farmatsevtika mahsulotlariga nisbatan amaldagi 15 foizlik boj stavkalarini 25 foizga oshirish niyatida ekanini ma’lum qildi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya kelishuvni tasdiqlash jarayonida sust harakat qilmoqda.

Shu bilan birga, AQSh o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishda tezroq qadam tashlagan. Boj stavkalarini oshirish qarori esa aynan kelishuv majburiyatlarining bajarilmasligi bilan izohlangan.

Janubiy Koreya rasmiylari esa ushbu qaror yuzasidan hali rasmiy bildirishnoma olmaganliklarini aytib, masalani AQSh bilan tezkorlik bilan muhokama qilishga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Eslatib o‘tamiz, tomonlar o‘tgan yilning oktyabr oyida savdo kelishuviga erishgan bo‘lib, unga ko‘ra Janubiy Koreya AQSh iqtisodiyotiga 350 milliard dollar sarmoya kiritishi rejalashtirilgan edi.

Ushbu mablag‘ning bir qismi kemasozlik sohasiga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur kelishuv hozirda Janubiy Koreya Milliy assambleyasida ko‘rib chiqilmoqda va mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, u fevral oyida tasdiqlanishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026