ENRU

“Bishkeklik manyak” hibsxonada o‘lik holda topildi

Dunyo
21
“Bishkeklik manyak” hibsxonada o‘lik holda topildi
Qirg‘izistonning Bishkek shahridagi 1-son tergov hibsxonasida 41 yoshli Qumarbek Abdirovning jasadi topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U “bishkeklik manyak” nomi bilan tanilgan edi. Bu haqda mahalliy axborot manbalari xabar bergan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Abdirovning jasadi 7 fevral kuni soat 12:30 da kameradan topilgan. Dastlabki tekshiruvlar u o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan. Abdirov 2025 yil sentyabr oyida 17 yoshli Oysuluv Mukashevani zo‘rlab o‘ldirganlikda ayblanib qo‘lga olingan edi.

Tergov davomida u bir necha ayolni zo‘rlab o‘ldirganini tan olgan. Jinoyatlari ko‘pincha shahar chekkasida va tog‘li hududlarda sodir etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qumarbek Abdirov 2016 yilda qotillikka urinish jinoyati uchun 12 yilga hukm qilingan, biroq keyinchalik jazosi 7 yilga qisqartirilgan va u 2018 yilda muddatidan oldin ozod qilingan. Oysuluv Mukashevaning o‘ldirilishi Qirg‘izistonda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.

Bu voqeadan so‘ng, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qayta tiklash taklifini ilgari surgan. Ammo Konstitutsiyaviy sud 2025 yil dekabr oyida bu chora Konstitutsiyaga va xalqaro majburiyatlarga zid ekanini bildirgan.

Shuningdek, Abdirovning muddatidan oldin ozod qilinishida ishtirok etgan Bishkek shahar sudining uch sobiq sudyasi va bir prokuror ham hibsga olingan. Ushbu holat bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy ko‘chalarida robotlar yordamida sadaqa so‘rash holatlari kuzatilmoqda
Xitoy ko‘chalarida robotlar yordamida sadaqa so‘rash holatlari kuzatilmoqda
Xitoyning yirik shaharlari ko‘chalarida odamsimon robotlar yordamida sadaqa so‘rash holatlari kuzatilmoqda. Pekin, Chendu va Fuchjou kabi hududlarda paydo bo‘lgan ushbu
DunyoBugun, 04:08
Zelenskiy Yandeksga berilgan zarbalar targ‘ibot darajasini pasaytirganini aytdi
Zelenskiy Yandeksga berilgan zarbalar targ‘ibot darajasini pasaytirganini aytdi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning yirik texnologiya korxonasi hisoblangan Yandeks kompaniyasiga qarashli ma’lumotlar markazlariga berilgan zarbalar raqamli makondagi vaziyatni tubdan
DunyoBugun, 03:51
Ar-Riyoddagi raketa zarbasi oqibatida ikki nafar o'zbekistonlik jarohatlandi
Ar-Riyoddagi raketa zarbasi oqibatida ikki nafar o'zbekistonlik jarohatlandi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportga uyushtirilgan ballistik raketa zarbasi oqibatida O‘zbekiston Respublikasining ikki nafar fuqarosi tan jarohati
DunyoBugun, 03:24
Ozarbayjon maktablarida hijob taqiqi sabab ommaviy noroziliklar boshlandi
Ozarbayjon maktablarida hijob taqiqi sabab ommaviy noroziliklar boshlandi
Ozarbayjonning turli hududlaridagi ta'lim muassasalarida hijob va diniy ro‘mollarga nisbatan amalda joriy etilgan qat’iy cheklovlar jamiyatda keskin noroziliklar va ommaviy namoyishlarga sabab
DunyoBugun, 02:36
Aldabradagi ulkan toshbaqalar soni Seyshel orollari aholisidan oshdi
Aldabradagi ulkan toshbaqalar soni Seyshel orollari aholisidan oshdi
Hind okeanining bag‘rida joylashgan Seyshel orollariga qarashli Aldabra atollida olib borilgan yangi tadqiqotlar natijasida ulkan toshbaqalarning umumiy soni taxminan 180 mingtaga yetgani aniqlandi.
DunyoBugun, 02:12
Iqtisodiyot yo'nalishida Nobel mukofoti g'oliblari nomi e'lon qilindi
Iqtisodiyot yo'nalishida Nobel mukofoti g'oliblari nomi e'lon qilindi
Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasining Nobel qo‘mitasi 2026-yilgi iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro mukofot g‘oliblarini e’lon qildi. Alfred Nobel
DunyoBugun, 01:45