Bugun
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Fransiyada 89 qizga zo‘ravonlikda gumon qilingan shaxs tergov qilinmoqda

Dunyo
13
Fransiyada 89 qizga zo‘ravonlikda gumon qilingan shaxs tergov qilinmoqda
Fransiyada sakkizta mamlakat hududida 89 nafar voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etganlikda gumonlangan shaxsga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “Le Figaro” nashri xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs 1967 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan davrda jinsiy jinoyatlar sodir etgan.

Gumonlanuvchi Fransiya, Jazoir, Shveysariya, Germaniya, Niger va boshqa davlatlarda yashagan va vaqtinchalik o‘qituvchi yoki yoshlar oromgohlari rahbari sifatida ishlagan. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, tergov ishlari 2024 yilning yanvar oyida Fransiyaning Grenobl shahrida boshlangan.

Tergov davomida 13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan jabrlanuvchilar ro‘yxati tuzilgan. Hozirgi kunga kelib, 89 nafar jabrlanuvchi qayd etilgan, ulardan 40 nafari aniqlangan.

Qurbonlarning aksariyati shikoyat bilan murojaat qilgan bo‘lsa-da, hozircha rasman da’vogar sifatida chiqmagan. Prokuratura jabrlanuvchilar ro‘yxati to‘liq emasligini va ularning soni ko‘proq bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Tergov rahbari jabrlanuvchilarni imkon qadar tezroq guvohlik berishga chaqirdi. Shuningdek, prokuror 1993 yilgacha sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha da’vo muddati o‘tganini eslatdi.

Biroq jabrlanuvchilarning tergovga yordam berishi va voqealarni aniqlashda o‘z hissasini qo‘shishi muhim ekanligi qayd etildi. Tergov davomida ushbu shaxsning yana ikki nafar inson o‘limiga aloqadorligi ham o‘rganilmoqda.

U 1974 yilda saraton kasalligidan aziyat chekkan onasini, 1992 yilda esa 90 yoshli ammasini yostiq bilan bo‘g‘ib o‘ldirganini tan olgan.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
Jahon moliya bozorida dollar hukmronligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yirik geosiyosiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Dunyoning ikkinchi raqamli iqtisodiyoti
DunyoBugun, 03:50
Latviya Rossiya va Belarus bilan avtobus qatnovlarini to'xtatadi
Latviya Rossiya va Belarus bilan avtobus qatnovlarini to'xtatadi
Latviya hukumati 2027-yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiya va Belarus yo‘nalishidagi barcha muntazam avtobus qatnovlarini, shuningdek, mamlakat hududi orqali o‘tuvchi tranzit yo‘lovchi tashuvlarini
DunyoBugun, 03:31
AQSH Kanadaga qarshi keskin savdo cheklovlari va bojlar joriy etdi
AQSH Kanadaga qarshi keskin savdo cheklovlari va bojlar joriy etdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada o‘rtasidagi savdo munosabatlari misli ko‘rilmagan darajada keskinlashdi. AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan yangi
DunyoBugun, 02:52
Serbiya prezidenti parlamentni tarqatib muddatidan oldin saylov tayinladi
Serbiya prezidenti parlamentni tarqatib muddatidan oldin saylov tayinladi
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakat parlamentini tarqatish va muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzolashini ma’lum
DunyoBugun, 02:09
Germaniyadagi saylovlarda o'ng qanot partiyasi tarixiy g'alabaga erishdi
Germaniyadagi saylovlarda o'ng qanot partiyasi tarixiy g'alabaga erishdi
Germaniyaning Saksoniya-Anxalt federal yerida o‘tkazilgan parlament saylovlari Yevropaning eng yirik iqtisodiyoti hisoblangan ushbu mamlakatda jiddiy siyosiy inqirozni yuzaga keltirdi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:55
Eron Iordaniya hududiga raketa zarbalari berishi mintaqada keskinlikni oshirdi
Eron Iordaniya hududiga raketa zarbalari berishi mintaqada keskinlikni oshirdi
Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat o‘ta xavfli darajaga yetdi. Eron tomonidan Iordaniya hududiga qarata 20 ta ballistik raketa uchirilishi mintaqadagi keskinlikni yangi
DunyoBugun, 01:11