ENRU

Marko Rubio: "Chegaralarsiz dunyo" g‘oyasi o‘zini oqlamadi

Dunyo
14
Marko Rubio:
AQSh davlat kotibi Marko Rubio Myunxen xavfsizlik konferensiyasida chiqish qilib, global tartibni ustuvor qo‘yish va "chegaralarsiz dunyo" g‘oyasi amalda o‘zini oqlamaganini ta’kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Yevropaning kuchli va mustaqil bo‘lishidan manfaatdor. Rubio G‘arb mamlakatlarida ommaviy migratsiya misli ko‘rilmagan darajaga yetganini qayd etib, bu jarayon jamiyat birdamligi va davlatlarning kelajagiga jiddiy tahdid solayotganini aytdi.

Shuningdek, u AQSh va uning ittifoqchilari suverenitetning bir qismini xalqaro institutlarga topshirib, ijtimoiy xarajatlarga ustuvorlik bergani sababli mudofaa salohiyatini yetarli darajada rivojlantira olmaganini ta’kidladi. Davlat kotibi Birlashgan Millatlar Tashkilotining imkoniyatlari katta bo‘lsa-da, hozirgi dolzarb muammolarni hal qilishda samarali yechimlar taklif qila olmayotganini tanqid qildi.

Jumladan, BMT Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lmagani, bu boradagi muzokaralar asosan AQSh vositachiligida amalga oshirilgani aytib o‘tildi.

O‘xshash yangiliklar

Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatishni taklif qildi
Latviya O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatishni taklif qildi
Latviya Ichki ishlar vazirligi mamlakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston fuqarolariga kirish vizalarini berishni vaqtincha to‘xtatish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 03:35
Chilidagi Atakama cho'li kuchli yomg'irdan so'ng gullar maydoniga aylandi
Chilidagi Atakama cho'li kuchli yomg'irdan so'ng gullar maydoniga aylandi
Yer yuzining eng qurg‘oqchil va hayot uchun noqulay hududlaridan biri sanaladigan Chilidagi Atakama cho‘lida kutilmagan tabiat hodisasi yuz berdi. Frans Press axborot
DunyoBugun, 03:13
Gonkonglik taniqli model Ebbi Choy sobiq oilasi tomonidan o'ldirildi
Gonkonglik taniqli model Ebbi Choy sobiq oilasi tomonidan o'ldirildi
Gonkong moda olamining yorqin vakili, taniqli model va ijtimoiy tarmoqlar yulduzi Ebbi Choy Tin-fungning o‘limi bilan bog‘liq mudhish tafsilotlar jamoatchilikni larzaga soldi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 02:37
AQSHda ozish dorilari ommalashgani sababli restoranlar daromadi kamaymoqda
AQSHda ozish dorilari ommalashgani sababli restoranlar daromadi kamaymoqda
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ozish uchun mo‘ljallangan GLP-1 guruhiga kiruvchi preparatlarning keng tarqalishi umumiy ovqatlanish sohasida sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 02:12
Ummonda yigirmata tuya botoks sababli go'zallik tanlovidan chetlashtirildi
Ummonda yigirmata tuya botoks sababli go'zallik tanlovidan chetlashtirildi
Ummon Sultonligining Al-Musanna shahrida o‘tkazilgan an’anaviy tuya go‘zallik tanlovida yigirmata tuya musobaqa qoidalarini buzgani uchun chetlashtirildi. Veterinariya
DunyoBugun, 01:41
MrBeast yangi videosi bilan shaxsiy rekordini yangiladi
MrBeast yangi videosi bilan shaxsiy rekordini yangiladi
YouTube platformasining eng taniqli ijodkori MrBeast o‘z faoliyatida navbatdagi ulkan natijani qayd etdi. Uning yangi e’lon qilingan videosi dastlabki 24 soat ichida
DunyoBugun, 01:24