Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Antarktikada ilk bor katta akula tasvirga olindi

Dunyo
34
Antarktikada ilk bor katta akula tasvirga olindi
Avstraliyalik olimlar ilk bor Antarktika hududi suvlarida katta akulani tasvirga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Yirtqich baliq Janubiy Shetland orollari yaqinida, taxminan 490 metr chuqurlikda joylashgan tadqiqot uskunasiga o‘rnatilgan kamera orqali qayd etilgan. Ushbu ma’lumotni Associated Press axborot agentligi xabar qildi.

Ekspeditsiya ishtirokchisi, tadqiqotchi Alan Jeymisonning so‘zlariga ko‘ra, olimlar bu hududda akula yashashini kutishmagan. “Oldin Antarktikada akulalar yashay olmaydi, degan fikr mavjud edi.

Ammo bu juda yirik, uzunligi 3–4 metr bo‘lgan akula bo‘lib chiqdi”, — deydi u. Ta’kidlanishicha, mazkur akula aslida 2025 yil yanvar oyida tasvirga olingan, biroq ushbu ma’lumotlar yaqinda ochiqlandi.

Olimlar bu yirtqich baliq qutb yoki “uyquchi” akula turiga mansub bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu akulalar Antarktika chuqur suvlarida kam sonli populyatsiya sifatida yashashi ehtimoldan holi emas.

Ularning oziqlanish manbasi asosan kitlar va ulkan kalmarlarning qoldiqlaridir.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026