Bugun
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Orol tubida saksovul ekilib, ekologiya tiklanmoqda

Dunyo
15
Orol tubida saksovul ekilib, ekologiya tiklanmoqda
25-fevral kuni "Orol maktabi" ishtirokchilari BMT Taraqqiyot dasturining "Yashil Orol dengizi" tashabbusi doirasida Orol dengizining qurib qolgan hududida saksovul ko‘chatlarini ekish ishlarida qatnashdilar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda ACDF matbuot xizmati xabar berdi. Iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardan birida o‘tkazilgan mazkur tashabbusda ishtirokchilar atrof-muhit mutaxassislari va tajribali mentorlar bilan birgalikda ishladilar.

Ular yerlarni tiklash va ekologik muvozanatni saqlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Ma’lum qilinishicha, ekilgan har bir saksovul ko‘chati hududda sho‘r-chang bo‘ronlariga qarshi tabiiy to‘siq bo‘lishi bilan birga, tuproqni mustahkamlashga va ekotizimning uzoq muddatli barqaror tiklanishiga xizmat qiladi.

BMT Taraqqiyot dasturi, ACDF va "Orol maktabi"ning qo‘shma sa’y-harakatlari natijasida Orol dengizining qurigan tubida 90 ming gektar maydonga saksovul hamda boshqa galofit turlari ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha hududning ekologik holatini yaxshilash va kelajak avlodlar uchun barqaror muhit yaratishga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Qashshoqlikdagi bolalar soni oshib 600 millionga yetdi
Dunyo bo‘ylab 1,2 milliard kishi o‘ta qashshoqlik sharoitida kun kechirmoqda. Bir yil ichida ularning soni 51,5 million nafarga ko‘paygan. Bu haqda BMT Taraqqiyot
DunyoBugun, 14:21
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMT: global kambag‘allik 2010 yildan buyon ilk marta o‘sdi
BMTning global kambag‘allik ko‘rsatkichi 2010 yildan buyon ilk bor o‘sdi. BMT Taraqqiyot dasturining 12 oktyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab
DunyoBugun, 13:31
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
O‘zbekiston fuqarosi shifokor ayolni hayotdan saqlab qoldi
11 oktyabr kuni O‘zbekiston havo yo‘llariga tegishli samolyotda parvoz vaqtida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Ayol yo‘lovchilardan birining ahvoli to‘satdan
DunyoBugun, 12:44
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
NATO Italiyada «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi
Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) Italiya hududida yadroviy tiyib turish bo‘yicha o‘zining har yilgi an’anaviy «Steadfast Noon» harbiy mashg‘ulotlarini boshladi.
DunyoBugun, 11:33
Tramp Ogayo mitingida uchinchi muddatni istashini bildirdi
Tramp Ogayo mitingida uchinchi muddatni istashini bildirdi
AQSH prezidenti Donald Trump Ogayo shtatida bo‘lib o‘tgan saylovoldi mitingida, Oq uy rahbari lavozimida uchinchi muddatga ham qolishni istashini ma’lum qildi. Ushbu
DunyoBugun, 10:37
Tramp Ukrainaning yangi prezidentga ega bo‘lish vaqti keldi deb hisoblaydi
Tramp Ukrainaning yangi prezidentga ega bo‘lish vaqti keldi deb hisoblaydi
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainada davlat rahbarini almashtirish vaqti kelganini ochiq ma’lum qildi. U bayonoti Oq uy rahbari tomonidan qilingan va Newsweek jurnali
DunyoBugun, 10:14