Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 14 noyabr
+8°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi keskinlik: Eron bayonotlari xavotir uyg‘otdi

Dunyo
22
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi keskinlik: Eron bayonotlari xavotir uyg‘otdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat tobora murakkablashib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusiga yaqin manbalar tomonidan tarqatilgan bayonotlar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofidagi xavotirni kuchaytirdi. Xabarlarga ko‘ra, ushbu strategik suv yo‘li go‘yoki "yopilgan" va u yerdan o‘tishga uringan kemalar hujum xavfi ostida qolishi mumkin.

Biroq, hozircha bu da’vo xalqaro dengizchilik qoidalari nuqtayi nazaridan rasman tasdiqlanmagan. Eron tomonidan berilgan bayonotlarda Ho‘rmuz orqali o‘tishga uringan har qanday kema kuch ishlatish bilan to‘xtatilishi mumkinligi aytilgan.

Bu bayonotlar mintaqadagi urush xavfi va energetika ta’minoti bilan bog‘liq xavotirlarni yanada oshirdi. Buyuk Britaniya Dengiz savdosi operatsiyalari markazi — UKMTO esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilgani haqida xalqaro dengiz xavfsizligi kanallari orqali hech qanday rasmiy xabar berilmaganini ta’kidladi.

UKMTO ma’lumotiga ko‘ra, ochiq manbalarda va VHF aloqa to‘lqinlarida tranzit cheklangani haqidagi xabarlar mavjud, ammo rasmiy yopilish e’lon qilinmagan. VHF orqali aytilgan "o‘tish cheklandi" degan chaqiriqlar xalqaro dengiz huquqiga ko‘ra tranzitni rasman to‘xtatish hisoblanmaydi.

Bu holat noto‘g‘ri anglashuv va harbiy to‘qnashuv ehtimolini oshirishi mumkin. Joint Maritime Information Center vaziyatni "o‘ta xavfli" deb baholadi.

Ular so‘nggi kunlarda tijorat kemalariga hujumlar, snaryadlar va dronlar tufayli mintaqadagi xavfni oshganini qayd etdi. AQSH Dengiz ma’muriyati — MARAD ham Ho‘rmuz bo‘g‘ozi va atrofidagi hududlarda harbiy amaliyotlar xavfi yuqoriligini ogohlantirdi.

Bu, Vashington ham mintaqadagi tahdidni jiddiy qabul qilayotganini ko‘rsatadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi dunyo energetika zanjirining muhim nuqtalaridan biri bo‘lib, global neft iste’molining katta qismi shu yerdan o‘tadi.

Shu sababli, vaziyatning keskinlashuvi xalqaro miqyosda jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026