Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Pentagon Eronga qarshi harbiy strategiyani e’lon qildi

Dunyo
11
Pentagon Eronga qarshi harbiy strategiyani e'lon qildi
AQSH mudofaa idorasi, ya’ni Pentagon, bir necha oydan so‘ng matbuot uchun brifing o‘tkazdi va Eron atrofidagi urushga oid muhim bayonotlar berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Brifingda AQSH mudofaa vaziri Pit Hegset Vashingtonning zarbalari "rejimni almashtirish" uchun emasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyaning asosiy maqsadi Eronning raketa, dengiz va boshqa xavfsizlik infratuzilmasini aniq nishonlar orqali izdan chiqarishdan iborat.

Shu bilan birga, u Eronda rahbariyat almashganini tan olib, buni "dunyo uchun yaxshi natija" deb baholadi. Hegsetning chiqishi oddiy harbiy hisobot emas, balki siyosiy jihatdan ham qattiq bayonot bo‘ldi.

U Eron xalqini mavjud vaziyatdan foydalanishga va hukmron tuzumni o‘z qo‘li bilan ag‘darishga chaqirdi. Biroq u AQSHning bu kampaniyasi Iroq yoki Afg‘onistondagi kabi "davlat qurish" yoki "demokratiya olib kirish" missiyasi emasligini ta’kidladi.

Ya’ni, Vashington rasman rejimni o‘zgartirishni maqsad deb atamayotgan bo‘lsa-da, siyosiy natija sifatida Tehrondagi hokimiyatning zaiflashishi yoki o‘zgarishini inkor qilmayapti. Pentagon rahbari urushni AQSH boshlamaganini ham ta’kidladi.

Uning talqiniga ko‘ra, Erondagi amaldagi tuzum 47 yil davomida Amerikaga qarshi bir tomonlama va shafqatsiz kurash olib borgan. Hegset bu da’vosini Bayrutdagi portlashlar, Amerika kemalariga qilingan hujumlar, elchixonalar atrofidagi qotilliklar, shuningdek Iroq va Afg‘onistonda amerikaliklarga qarshi amalga oshirilgan teraktlar bilan izohladi.

Uning fikricha, Vashington bu urushni boshlamagan, ammo Donald Tramp prezidentligi davrida uni yakunlash niyatida. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning bayonotlari ham ushbu ritorikani to‘ldirdi.

U Eronga qarshi urushni Isroil uchun "mavjudlikka tahdid"ni bartaraf etishga qaratilgan kurash sifatida ko‘rsatdi. Shu bilan birga, u bu jarayon Erondagi rejim o‘zgarishiga olib kelishi mumkinligini aytdi, ammo buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi kuch bilan emas, ichki siyosiy siljish natijasi sifatida tasvirladi.

Netanyahu, shuningdek, Eron faqat Isroil va AQSHga emas, balki butun mintaqa xalqlariga tahdid solayotganini ta’kidlab, Vashington bilan birgalikda harakat qilayotganini bildirdi. Hozirgi rasmiy bayonotlardan ko‘rinadiki, AQSH va Isroil omma oldida urushni "rejim almashtirish operatsiyasi" deb atashdan qochmoqda.

Ammo har ikki tomonning so‘zlari orasida bir muhim ishora bor: ular Erondagi amaldagi hokimiyat zaiflashishi yoki o‘zgarishini salbiy emas, aksincha, maqbul siyosiy oqibat sifatida ko‘rmoqda. Shu bois bu mojaro endi faqat harbiy emas, balki katta geosiyosiy maqsadlar bilan bog‘liq urush sifatida ham baholanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29