Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 17 noyabr
+10°
qisman bulutli shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Uzluksiz o‘yin o‘ynash talabaning hayotiga zomin bo‘ldi

Dunyo
22
Uzluksiz o'yin o'ynash talabaning hayotiga zomin bo'ldi
Tayvanda yashovchi bir talaba uzluksiz to‘rt kun davomida kompyuter o‘yinlari bilan shug‘ullanganidan so‘ng og‘ir ahvolga tushib, hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu talaba to‘rt kun va uch kecha davomida deyarli tanaffus qilmasdan o‘yin bilan band bo‘lgan. To‘rtinchi kechada talaba hojatga turmoqchi bo‘lgan paytda qattiq og‘riqdan qichqirib, hushidan ketgan.

Shifokorlar uning miyasidagi arteriya yorilib, kuchli qon ketishini aniqlashgan. Talabaning onasi bir necha bor o‘g‘lini kompyuterni o‘chirib, dam olishga undagan, lekin bu ogohlantirishlar natija bermagan.

Hodisadan so‘ng talaba bir necha oy davomida koma holatida qolgan. Keyinchalik oila a’zolari uning hayotini saqlab turgan tibbiy uskunalardan voz kechishga qaror qilishgan.

Mutaxassislar uzoq vaqt tanaffussiz kompyuter o‘yinlari bilan shug‘ullanish salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Uzoq muddatli kompyuter o‘yinlari inson organizmiga zarar yetkazishi mumkin, shuningdek, miya va yurak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas.

Shu sababli, mutaxassislar muntazam tanaffus qilish va dam olishni tavsiya etishadi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026