Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Mujtaba Xominaiyning ko‘rinmasligi rahbarlik qobiliyatiga shubha tug‘dirmoqda

Dunyo
28
Mujtaba Xominaiyning ko'rinmasligi rahbarlik qobiliyatiga shubha tug'dirmoqda
Axios agentligining xabariga ko‘ra, Ali Xominaiyning o‘g‘li Mujtaba Xominaiyning jamoatchilik oldida ko‘rinmasligi uning rahbarlik qobiliyatiga nisbatan jiddiy shubhalarni keltirib chiqarmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Manbalarning ta’kidlashicha, u so‘nggi paytlarda omma oldida deyarli yuz ko‘rsatmagan, bu esa savollarni yanada kuchaytirmoqda. AQSH va Isroil tomonidan harbiy harakatlar boshlangandan beri Mujtaba ko‘zga tashlanmayapti.

U 12 mart kuni xalqqa murojaatini o‘zi emas, balki boshqa shaxs orqali o‘qib eshittirgan. Shuningdek, 20 mart kuni yana bir murojaat qilinsa-da, u ham yozma shaklda taqdim etilgan.

Manbalarga ko‘ra, AQSH va Isroil maxsus xizmatlari Mujtabaning Navro‘z bayrami munosabati bilan jonli chiqish qilishini kutgan, ammo bu umid oqlanmadi va faqat matnli bayonot bilan chegaralandi. Bu holat vaziyatga nisbatan ko‘proq shubhalarni yuzaga keltirdi.

Isroilning yuqori martabali amaldorlaridan biri “U haqiqatan ham qarorlar qabul qilayaptimi yoki yo‘q, bunga oid aniq dalillar yo‘q” deya fikr bildirdi. Yana bir manba esa bu vaziyatni juda g‘alati deb baholadi.

Manbalardan biri eronliklar uni oliy yetakchi sifatida tanlash uchun katta qadamlar qo‘yishi ehtimoli kamligini aytmoqda. Shuningdek, uning mamlakat boshqaruvida faol ishtirok etayotganini tasdiqlovchi aniq faktlar ham mavjud emas.

Shu sababli, CIA tomonidan tarqatilgan so‘nggi suratlar va ma’lumotlarni tekshirish ishlari davom etmoqda. Ayni paytda, Mas’ud Pizishkiyon xalqqa videomurojaat bilan chiqishi qayd etilmoqda.

Bu esa davlat rahbariyatida boshqa yo‘nalishlarda faoliyat davom etayotganini ko‘rsatadi. Manbalardan biri “Biz uni kamida bir marta jonli ko‘rishni istardik, ammo u ko‘rinmadi va bu jiddiy xavotir uyg‘otadi” deb xulosa qildi.

Reuters agentligi oldinroq Mujtaba Xominaiyning mart oyining boshlarida bo‘lgan hujumda yengil jarohat olgani haqida xabar bergan edi. The Telegraph ma’lumotiga ko‘ra, u hujumdan biroz oldin bog‘da sayr qilgani sababli og‘ir jabrlardan omon qolgan.

Eron rasmiylari ham uning jarohatlanganini tan olgan, biroq jarohatlar jiddiy emasligini va hayoti xavf ostida emasligini ta’kidlamoqda. Umuman olganda, Mujtaba Xominaiyning atrofidagi noaniqliklar va uning jamoatchilik oldida ko‘rinmasligi Erondagi siyosiy jarayonlarning kelajagi haqida yangi savollarni yuzaga keltirmoqda.

Bu vaziyat nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro miqyosda ham diqqat markazida qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026