Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Eron AQSh va Isroilga katta harbiy zarba berdi

Dunyo
49
Eron AQSh va Isroilga katta harbiy zarba berdi
Yaqin Sharq mintaqasidagi harbiy mojaro yangi bosqichga kirib bordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

So‘nggi uch hafta davomida Eron AQSh va Isroilga qarshi muntazam harbiy amaliyotlar o‘tkazmoqda. Mutaxassislarning fikricha, Donald Tramp Eron bilan yuzaga kelgan mojaro vaqtida AQSh harbiylari uchun bu vaziyat nihoyasiga yetganini aytib, vaziyatni yumshatishga harakat qilgan.

21 mart kechasi Eron Isroil va AQSh harbiy bazalariga katta zarbalar berdi. Bu harakat "Haqqoniy va’da" nomi bilan atalmoqda.

Islom inqilobi muhofizlari korpusi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning Yaqin Sharqdagi 55 ta harbiy obyektlari "Qiyom" va "Imad" raketalari hamda uchuvchisiz apparatlar orqali nishonga olingan. Zarba berilgan hududlar orasida Isroilning Hayfa va Tel-Aviv shahar tumanlari ham bor edi.

Eronning harbiy hujumlari nafaqat harbiy obyektlarga, balki 9 ta davlatdagi 39 ta neftni qayta ishlash zavodi, gaz konlari va boshqa energetika infratuzilmalariga ham katta zarar yetkazdi. 22 mart kechasi ham zarbalar davom etdi.

Isroilning Arad shahrida o‘qqa tutilish natijasida 64 kishi jarohatlandi, ulardan biri besh yoshli qizaloq ham bor. The Wall Street Journal nashrining xabariga ko‘ra, Eron Hind okeanidagi Diyego-Garsiya bazasiga ham raketa zarbasi berdi.

Bu zarbalardan biri mudofaa tizimi tomonidan to‘xtatildi, ikkinchisi esa nishonga yetmadi. Shuningdek, AQShning Bag‘doddagi bazasida ham zarar yuzaga kelib, yong‘in chiqqan.

Bu vaziyatga javoban amerikaliklar Yaqin Sharqqa 2500 nafar dengiz piyodalarini yuborishga qaror qildi. Ularning asosiy vazifasi Fors ko‘rfazidagi strategik ahamiyatga ega orollar — Abu Muso, Keshm va ehtimol Xarkni nazorat qilishdir.

Shu bilan birga, Eron Larak oroli janubida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini minalash operatsiyasini boshladi. Amerika tahlilchisi Jeffri Saksning fikricha, bu urush butun dunyo xavfsizligiga katta tahdid solmoqda.

Tramp va Netanyaxuning harakatlari jahon iqtisodiyotiga ham zarar yetkazishi mumkin. Ushbu holat mintaqa va butun dunyo siyosatini yangi strategik vaziyatga olib chiqishi ehtimoli mavjud.

Harbiy harakatlar xalqaro munosabatlardagi keskinlikni yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026