Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

Yevropa Ittifoqi aholisi kelgusida sezilarli darajada kamayishi kutilmoqda

Dunyo
35
Yevropa Ittifoqi aholisi kelgusida sezilarli darajada kamayishi kutilmoqda
Yevropa statistika boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan songi ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi hududidagi aholi soni kelgusida sezilarli darajada kamayishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, 2025-yildan 2100-yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida mintaqa aholisi taxminan 53 million kishiga qisqaradi. Bu esa jami aholining 11,7 foizini tashkil etadi.

Kutilayotgan o‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, Yevropa Ittifaqi aholisi soni 2029-yilga borib 453,3 million nafarga yetishi mumkin. Biroq, shundan keyingi o‘n yilliklarda ushbu ko‘rsatkich asta-sekin pasayib boradi va 2100-yilga kelib jami aholi soni 398,8 million kishini tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

Aholi sonining kamayishi bilan birga, demografik tarkibda ham jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Xususan, 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ulushi hozirgi 20 foizdan 17 foizgacha tushishi kutilmoqda.

Shuningdek, mehnatga layoqatli hisoblangan 64 yoshgacha bo‘lgan aholining ulushi ham kamayib, 58 foizdan 50 foizga yetishi mumkinligi aytilmoqda. Shu bilan birga, keksalar sonining ortishi kuzatiladi.

65 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lganlar ulushi 16 foizdan 17 foizga ko‘tarilsa, 80 yosh va undan yuqori yoshdagi insonlarning ulushi sezilarli darajada oshib, 6 foizdan 16 foizgacha yetishi mumkin. Hozirgi kunda Yevropa mintaqasining demografik holati yuqori o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi, tug‘ilish darajasining pastligi va o‘lim ko‘rsatkichlarining kamligi bilan ajralib turadi.

Aholining asosiy qismi esa asosan katta yoshdagi mehnatga layoqatli kishilardan iborat bo‘lib qolmoqda. Bu holat kelgusida iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29