ENRU

Moskva va viloyatida dronlar hujumi qayd etildi

Dunyo
20
Moskva va viloyatida dronlar hujumi qayd etildi
18 iyunga o‘tar kechasi Moskva va Moskva viloyati yana uchuvchisiz uchish apparatlari ishtirokidagi ommaviy hujumga uchradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda “Incidentia” axborot berdi. Rossiya tomoni ma’lum qilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari poytaxt tomon yo‘naltirilgan 30 dan ortiq dronni urib tushirgan.

Qayd etilishicha, asosiy zarba 16 iyun kuni Moskva neftni qayta ishlash zavodiga berilgan. Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan operatsiyada FP-1, “Lyutiy” va boshqa turdagi dronlar qo‘llangan.

Xabarlarga ko‘ra, dronlar neftni birlamchi qayta ishlash qurilmasini nishonga olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, shikastlangan majmua zavod quvvatining qariyb 53 foizini ta’minlab kelgani sababli uning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Moskva meri Sergey Sobyanin hujumni tasdiqlab, dronlardan biri zavod hududidagi obyektga shikast yetkazganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

18 iyun kunigi yangi hujum vaqtida urib tushirilgan dronlardan birining bo‘laklari Moskvadagi “Sadovod” savdo markazi hududiga tushib, binoga yengil zarar yetkazgan. Ayni vaqtda Kapotnya tumanidagi neft zavodiga yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berilgani haqida ma’lumot keltirilmagan.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32