Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

AQSH va Eron Jeneva shahrida harbiy amaliyotlarni to‘xtatish loyihasini imzolashi mumkin

Dunyo
18
AQSH va Eron Jeneva shahrida harbiy amaliyotlarni to‘xtatish loyihasini imzolashi mumkin
AQSH va Eron 19 iyun kuni Jeneva shahrida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Al Arabiya English nashri mazkur hujjat loyihasining nusxasini qo‘lga kiritgan. 14 banddan iborat loyihada harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, AQSH, Eron va ularning ittifoqchilari barcha yo‘nalishlarda, shu jumladan Livandagi vaziyatda ham harbiy amaliyotlarni darhol to‘xtatish majburiyatini oladi. Tomonlar bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish, ichki ishlariga aralashmaslik bo‘yicha kelishuvga erishadi.

Loyihada yakuniy kelishuvni eng ko‘pi bilan 60 kun ichida imzolash rejalashtirilgan. Buning uchun AQSH dengiz blokadasini bekor qilishi, harbiy kuchlarini hududdan olib chiqishi va dengiz qatnovini tiklashi kerak bo‘ladi.

Eron esa Fors ko‘rfazi va Ummon dengizi o‘rtasida savdo kemalari harakatini qayta yo‘lga qo‘yish, texnik to‘siqlarni bartaraf etish va zarur xavfsizlik choralarini ko‘rish majburiyatini oladi. Hujjatda AQSH va mintaqaviy hamkorlar ishtirokida Eron iqtisodiyotini tiklash uchun kamida 300 milliard dollarlik dastur yaratish ham ko‘zda tutilgan.

Mablag‘lar asosan energetika, logistika, transport va ishlab chiqarish sohalariga yo‘naltiriladi. Shuningdek, AQSH Eronga nisbatan qo‘llanilayotgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilishi, muzlatilgan aktivlarni qaytarishi va neft eksporti bo‘yicha ruxsatnomalar berishi rejalashtirilgan.

Eron esa yadro quroli yaratmasligini yana bir bor tasdiqlagan. Yadroviy dasturga oid barcha masalalar yakuniy kelishuv doirasida hal qilinadi.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq Tehron Vashingtondan 400 milliard dollarlik tovon talab qilgan, ammo AQSH bu taklifni rad etgan. Shu sababli 300 milliard dollarlik xususiy investitsiya jamg‘armasi tashkil etish taklifi ilgari surilmoqda.

Yakuniy kelishuv BMT Xavfsizlik Kengashining majburiy kuchga ega qarori orqali tasdiqlanishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026