Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Ebola virusi aeroportlar orqali dunyoga tarqalishi mumkin

Dunyo
64
Ebola virusi aeroportlar orqali dunyoga tarqalishi mumkin
Yaponiyalik tadqiqotchilar olib borgan tahlillarga ko‘ra, Afrikada Ebola virusini yuqtirgan inson 30 kun ichida Yevropa va Osiyodagi yirik aeroportlarga yetib borishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda xorijiy nashr xabar berdi. Tadqiqot asosan Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandadan amalga oshiriladigan havo qatnovlari asosida tayyorlangan.

Mutaxassislar shu yo‘nalishlar orqali virusni yuqtirgan shaxslar xalqaro ahamiyatga ega aeroportlarga kirib borishi mumkinligini aytmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng yuqori xavf Belgiyaga to‘g‘ri keladi.

Unda ko‘rsatkich 92 foiz deb baholangan. Ikkinchi o‘rinda Fransiya turibdi, uning ulushi 91 foizni tashkil etadi.

Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari 88 foiz va Turkiya 86 foiz bilan yuqori xavf guruhiga kiritilgan. Tadqiqot davomida 11 264 ta aeroport, 569 741 ta havo yo‘nalishi va 330 million yo‘lovchi haqidagi ma’lumotlar o‘rganilgan.

Mutaxassislar bunday tahlillar kasallik tarqalishini oldindan baholash va zarur choralar ko‘rishga yordam berishini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, olimlar virusni yuqtirgan odam mamlakatga kirib kelishi kasallikning darhol keng tarqalishini anglatmasligini qayd etgan.

Agar asosiy omillar o‘zgarmasa, ushbu bashoratlar yaqin kelajak uchun ham dolzarb bo‘lib qoladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026