Jons Hopkins olimlari bezgak chivining qon so'rish mexanizmini ochdi

Jons Hopkins universiteti olimlari bezgak chivini inson terisini chaqqanda xartumi va sezgir tizimi qanday ishlashini yuqori aniqlikda kuzatib oldi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Tadqiqot natijalari Science Advances jurnalida chop etildi. Maxsus videokameralar va mikrodatchiklar yordamida chaqish jarayonining beshta ketma-ket bosqichi aniqlandi: terini teshish, qon tomirini izlash, qonni so'rish, xartumni chiqarish va chaqishni yakunlash.
Chivin terini teshganda faqat xartum emas, oyoqlari va og'iz atrofidagi retseptorlar ham faol bo'ladi. Qon so'rish boshlangach hasharot xavfsizlik uchun to'liq harakatsiz qaladi.
Denge chiviniga nisbatan tezroq Olimlar Anopheles coluzzii turini denge chivini (Aedes aegypti) bilan solishtirdi. Bezgak chivini qon tomirini o'rtacha 17 soniya tezroq topadi.
Har ikki turda ham chaqish va to'yib oziqlanish davomiyligi deyarli bir xil — taxminan 2,5 daqiqa. 150 million yil avval ajralgan bu turlarda qon so'rish mexanizmi mustaqil ravishda shakllangan.
IR76b geni roli Tajribada chivinlarning hid sezishiga javob beruvchi IR76b geni o'chirildi. Bu gensiz chivinlar qon tomirini izlash qobiliyatini deyarli butunlay yo'qotdi va qon so'rish samaradorligi keskin tushdi.
Olimlar chivin sezgiz tizimi va harakat mexanizmini chuqur o'rganish kelajakda maliyaga va shu kabi yuqumli kasalliklardan himoya qiluvchi yangi samarali vositalar yaratishga yordam berishi haqida xulosaga keldilar.





