Fransiyada ommaviy noroziliklar politsiya bilan to'qnashuvga aylantirdi

Fransiyada oktyabr oyi oxiridagi ommaviy noroziliklar politsiya bilan keskin to‘qnashuvlarga va tartibsizliklarga aylanib ketti. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, 24-oktabr kuni harakatlar davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar 1314 nafar namoyishchini hibsga oldi. Ko‘chalardagi vaziyat nazoratdan chiqib ketishi sababli mamlakat bo‘ylab xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 70 ming nafar politsiyachi va jandarm jalb etildi, shahar markazlarida maxsus kuchlar va namoyishchilar o‘rtasida bevosita to‘qnashuvlar yuz berdi.
Ko‘chalardagi hodisalar tafsilotlari Ijtimoiy tarmoqlar va kameralar qayd etgan kadrlarda maxsus kuchlar namoyishchilarni tarqatish uchun dubinkalar, qalqonlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlardan faol foydalanganlari ko‘rinadi. Qarama-qarshiliklar chog‘ida kamida 53 nafar huquqni muhofaza qiluvchi xodim turli darajada jarohatlandi.
Namoyishlar davomida mamlakat bo‘ylab 75 ta qasddan o‘t qo‘yish hodisasi qayd etildi, shuningdek tartibsizlikdan foydalangan guruhlar 24 ta savdo shoxobchasi va do‘konni talon-toron qildi. Oktyabrdagi uzluksiz to‘lqin Ushbu norozliklar kutilmagan holat emas, balki so‘nggi haftalarda davom etayotgan chuqur ijtimoiy inqirozning davomiydir.
Oktyabr oyining birinchi yarimida bo‘lib o‘tgan mitinglarda politsiya avval 1800 dan ortiq, keyingi to‘lqinda esa 2400 dan ziyod faollarni qo‘lga olgan edi. Oktyabr oyi ichida qo‘lga olinganlarning umumiy soni 5500 nafardan oshib ketti, bu esa Fransiya jamiyatida hukumat siyosatiga qarshi norozilik kayfiyati yuqori darajada qolayotganini ko‘rsatmoqda.
Hukumat yanada keng qamrovli ehtimoliy tartibsizliklarning oldini olish maqsadida jamoat joylari, savdo markazlari va transport tugunlarida kuchaytirilgan patrullik choralarini davom ettirmoqda. Fransiya ko‘chalaridagi vaziyat har ikkala tomon uchun ham og‘ir sinovga aylangan bo‘lib, ijtimoiy keskinlikning yanada kuchayishi xavfi saqlanib qolmoqda.





