Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Germaniya dron hujumlariga qarshi himoyasi yetarli emas

Dunyo
41
Germaniya dron hujumlariga qarshi himoyasi yetarli emas
Germaniyada dron tahdidlariga qarshi himoya imkoniyatlari yetarli emasligi haqida ogohlantirishlar kuchaymoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Aerokosmik soha mutaxassislari Germaniya hukumati dron hujumlariga qarshi tizimli va samarali himoya choralarini joriy eta olmagani sababli mamlakat xavfsizlik sohasida katta muammolarga duch kelayotganini ta’kidlashmoqda. Germaniya aviatsiya-kosmik sanoati federal assotsiatsiyasi (BDLI) hukumatga yo‘llagan xatda, mavjud huquqiy va texnik imkoniyatlarning yetishmasligi, shuningdek, muvofiqlashtirilgan hamkorlik va innovatsion himoya yechimlarining joriy etilmaganligi haqida ma’lumot berdi.

So‘nggi paytlarda Manxing harbiy aerodromi hududida noqonuniy dron parvozlariga qarshi samarali choralar ko‘rilmaganligi Germaniyaning ichki xavfsizlik salohiyatiga shubha uyg‘otmoqda. BDLI ijrochi direktori Mariye-Kristine fon Xan bu holatni demokratik davlat nufuziga zarar yetkazuvchi omil sifatida baholadi va hukumatni xavfsizlikni mustahkamlash uchun aniq choralar ko‘rishga chaqirdi.

U davlat idoralari o‘rtasida muvofiqlashtirilgan hamkorlik tizimini yaratish va yangi mudofaa texnologiyalarini joriy etish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, AQSHda rivojlangan kooperativ jangovar dronlar texnologiyasini Germaniya tezkor tarzda qabul qilishi va bu borada xorijdan texnologiyalar xarid qilishi mumkinligi qayd etildi.

Ekspertlar bu muammolarga yechim topilmasa, mamlakat harbiy va strategik nuqtalardagi himoya tizimi jiddiy xavf ostida qolishini ogohlantirmoqda. BDLI tomonidan hukumatga yuborilgan bu murojaat jamoatchilikda katta e’tibor uyg‘otdi.

Endi asosiy savol shuki, Germaniya hukumati ushbu tanqidiy bayonotlardan qanday xulosa chiqaradi va dron tahdidlariga qarshi samarali mudofaa tizimini qanday shakllantiradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026