Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
+12°
пасмурно ветер 3 м/с, С
ENRU

Turkiya vaziri G‘azoda Isroilni genotsidda aybladi

Dunyo
36
Turkiya vaziri G‘azoda Isroilni genotsidda aybladi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining G‘azodagi gumanitar vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilishida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan muhim bayonot bilan chiqdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

U Isroilning Falastin xalqiga qarshi amalga oshirayotgan harakatlarini to‘xtovsiz genotsid deb atab, xalqaro hamjamiyatni bunga befarqlik bilan qarashda aybladi. Vazir nutqida Isroil tinchlikni istamayotgani va mintaqada barqarorlikni ta’minlamoqchi emasligini ta’kidladi.

Hoqon Fidan G‘azo sektoridagi ikki milliondan ortiq aholining og‘ir sharoitda yashayotganini aytdi. Ular ommaviy ko‘chish, ochlik, suvsizlik va doimiy havo hujumlari sababidan og‘ir qiynalmoqda.

Isroil har kuni insonparvarlik yordamini ataylab to‘sib, faqat gumanitar tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan oziq-ovqat va suv yetkazib berish nuqtalarida fuqarolarga zarar yetkazmoqda. Bolalar suv olishga, onalar esa farzandlari uchun ovqat topishga urinish paytida halok bo‘lmoqda.

Vazir ochlik bugungi kunda urush quroli sifatida ishlatilayotganini, xalqaro gumanitar huquq me’yorlari esa buzilayotganini ta’kidladi. U dunyo konslagerlarning qayta paydo bo‘lishiga guvoh bo‘layotganini, Falastin esa butunlay qirg‘inga uchrayotganini bildirdi.

Shuningdek, Isroilning urush mashinasi nafrat va jazosizlik asosida ba’zi kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini qayd etdi. Hoqon Fidan genotsid haqida gapirishdan chekinish insoniylikka zid ekanligini, G‘azodagi fojialarni to‘xtatish uchun jahon hamjamiyati tomonidan qat’iy choralar ko‘rilishi zarurligini ta’kidladi.

Bu faqat G‘azo emas, balki butun insoniyat uchun sinov ekanligini bildirdi. Hozirda e’tibor BMT Xavfsizlik Kengashiga qaratilgan bo‘lib, ushbu bayonotlarning amaliy natijasi vaqt o‘tishi bilan ko‘rinadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026