Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
+6°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

O‘zbekiston 15 turdagi xomashyoga bojlarni bekor qiladi

Iqtisodiyot
61
O‘zbekiston 15 turdagi xomashyoga bojlarni bekor qiladi
O‘zbekistonda 15 turdagi mahsulotni ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan xomashyolarga bojlar bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim sohalarda “tarif inverziya” holati kuzatilmoqda.

Ya’ni, tayyor mahsulotlarni import qilish arzonroq bo‘lsa-da, ularni ichki ishlab chiqarish uchun kerakli xomashyoga yuqori bojlar qo‘yilmoqda. Natijada mahalliy ishlab chiqaruvchilar qo‘shimcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi va raqobatbardoshlik darajasi pasayadi.

Shu sababli ba’zi korxonalar o‘z quvvatida to‘liq mahsulot ishlab chiqarolmayapti. Tahlillar asosida quyidagi mahsulotlar uchun xomashyo importida bojlarni bekor qilish tajriba tariqasida taklif qilinmoqda: elektr skuterlari, nogironlik aravachalari, kungaboqar yog‘i, marmeladlar, karamel shirinliklar, shokolad, bolalar oziq-ovqati, tez tayyorlanadigan unli mahsulotlar, pryanik va pechenelar, vaflilar, piroglar, kekslar, jem va murabbolar, konservalangan qulupnay hamda shakarli ichimliklar.

Shuningdek, qandolat mahsulotlari misolida hozirda shokolad va boshqa shirinliklarni import qilish ichki ishlab chiqarishdan arzonroq ekanligi qayd etildi. Bu holat mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini pasaytirishi sababli, bojlarni bekor qilish orqali ularni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.

O‘xshash yangiliklar

Markaziy bank valyuta kurslarini ko'tardi dollar 85 so'mga yaqinlashdi
Markaziy bank valyuta kurslarini ko'tardi dollar 85 so'mga yaqinlashdi
Markaziy bank 2026 yil 29-oktobr holatiga xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e'lon qildi. Hisobot kuni barcha kuzatilgan valyutalarning so'mga nisbatan qiymati
Iqtisodiyot17:38, 28-10-2026
Markaziy Bank o'lchovli oltin quymalar narxini e'lon qildi
Markaziy Bank o'lchovli oltin quymalar narxini e'lon qildi
O‘zbekiston Markaziy Banki 2026 yil 28 oktyabr kuni o‘lchovli oltin quymalarning rasmiy sotuv narxlarini e’lon qildi. Bankning ma’lumotlariga ko‘ra, 5 gramm
Iqtisodiyot14:56, 28-10-2026
Iman Invest 20 million dollar ayblovlariga javob berdi
Iman Invest 20 million dollar ayblovlariga javob berdi
Iman Invest investitsiya kompaniyasi 20 million dollar miqdoridagi kamomadga oid ayblovlarga javob sifatida rasmiy bayonot e'lon qildi. Kompaniya moliyaviy holatining
Iqtisodiyot10:42, 28-10-2026
O'zbekistonda o'rtacha ish haqi 7,27 million so'mga yetdi
O'zbekistonda o'rtacha ish haqi 7,27 million so'mga yetdi
2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal ish haqi 7,27 million so‘mga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga oshdi. Eng
Iqtisodiyot00:42, 28-10-2026
Markaziy Bank o‘lchovli oltin quymalar narxlarini e‘lon qildi
Markaziy Bank o‘lchovli oltin quymalar narxlarini e‘lon qildi
O‘zbekiston Markaziy Banki 2026 yil 27 oktyabr kuni o‘lchovli oltin quymalarning rasmiy sotuv narxlarini e’lon qildi. Bankning ma’lumotiga ko‘ra, har bir grammi 999,9
Iqtisodiyot23:34, 27-10-2026
Markaziy bank dollar kursini 57 so'mga qimmatladi
Markaziy bank dollar kursini 57 so'mga qimmatladi
O‘zbekiston Markaziy banki 2026 yil 28 oktyabr kuni uchun xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e’lon qildi. Dollar kursi 57,02 so‘mga qimmatlab, 11 918,98 so‘mga
Iqtisodiyot17:55, 27-10-2026