Iman Invest 20 million dollar ayblovlariga javob berdi

Iman Invest investitsiya kompaniyasi 20 million dollar miqdoridagi kamomadga oid ayblovlarga javob sifatida rasmiy bayonot e'lon qildi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Kompaniya moliyaviy holatining barqaror ekanligini tasdiqladi, ichki audit davomida ba'zi kamchiliklar aniqlanganligini ham tan oldi. Bayonotda muammoli qarzlar, fond mablag'laridan foydalanish, avtomobil xaridlari va investorlar daromadlarini hisoblash bo'yicha e'tirozlarga javob berilgan.
Kompaniya mablag'laridan foydalanish bo'yicha o'zgarishlar Fond mablag'laridan boshqaruv kompaniyasiga qarz berish amaliyoti to'xtatilgan. Avtomobillar bilan bog'liq ikkita shartnoma yopilgan va ularga ajratilgan mablag'lar fondga qaytarilgan.
Bayonotda muammoli qarzlar va investorlar daromadlarini hisoblash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan, ichki auditda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko'rilayotgani haqida ma'lumot berilgan. Rustam Rahmatov boshqaruvdan ketadi Bayonotga ko'ra, Rustam Rahmatov Iman Invest boshqaruv lavozimini tark etadi.
Uning o'riniga tajribali mutaxassis jalb qilinishi rejalashtirilgan. Rahmatov kompaniya faoliyatida kuzatuv kengashi a'zoligi orqali ishtirok etishda davom etadi.
Avvalroq Mahmud Usmon ham video murojaatida Rahmatovga boshqaruvdan ketishni maslahat bergan edi. Shariat va moliyaviy audit o'tkaziladi Iman Invest uch nafar olimdan iborat Shariat kengashini tuzish, tashqi shariat auditi va mustaqil moliyaviy audit o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Bu choralar fond mablag'laridan foydalanish, moliyaviy hisob-kitoblar va kompaniya faoliyatiga oid e'tirozlarni ko'rib chiqish jarayonining bir qismi sifatida ko'rsatilgan.





