ENRU

Prezident sayyohlikni rivojlantirish uchun yangi dastur qabul qildi

Iqtisodiyot
9
Prezident sayyohlikni rivojlantirish uchun yangi dastur qabul qildi
Hududlarda sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ikki yillik dastur qabul qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unda yangi turizm obyektlari va mehmonxonalar qurish, ularda mahalliy mahsulotlardan keng foydalanish belgilangan, deb ma’lum qildi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov. Dastur doirasida 34 ta yirik turizm obyekti hamda mingdan ortiq joylashtirish vositasini barpo etish rejalashtirilgan.

Shundan 200 tasi mehmonxona bo‘ladi. Parkent tumanida yaqin vaqt ichida ochilishi kutilayotgan Kumushkon resort turizm kompleksi qurilishida ishlatilayotgan materiallarning 98 foizi mahalliy mahsulotlardan iborat.

Hududlarda barpo etilayotgan boshqa mehmonxonalarda ham mahalliy qurilish materiallari ulushini kamida 95 foizga yetkazish zarurligi hokimlarga ko‘rsatib o‘tildi. Buning uchun kelgusi yil yakuniga qadar mehmonxona qurilishi va bezagida ishlatiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish vazifasi qo‘yildi.

Jumladan, lok-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarishni 119 ming tonnadan 150 ming tonnaga, santexnika mahsulotlarini 1,5 million donadan 2 million donaga yetkazish belgilandi. Shuningdek, PVX quvurlar va fitinglar ishlab chiqarish hajmi 255 ming tonnadan 300 ming tonnaga, gulqog‘oz 6 million tonnadan 7,5 million tonnaga, dekorativ panellar esa 15 million kvadrat metrdan 18 million kvadrat metrga oshirilishi kerak.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekiston va Belarus mashinasozlik sohasida chuqurlashgan hamkorlik e’lon qilindi
O‘zbekiston va Belarus mashinasozlik sohasida chuqurlashgan hamkorlik e’lon qilindi
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik yangi strategik bosqichga kirdi. Bu muhim rivojlanish, Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston—Belarus
Iqtisodiyot23:48, 30-09-2026
Aleksey Moskovsev bank omonati bloklangani va qaytarilmadi deganini ochiq qildi
Aleksey Moskovsev bank omonati bloklangani va qaytarilmadi deganini ochiq qildi
O‘zbekiston bank tizimi va fintex sohasida fuqarolarning omonat mablag‘lari daxlsizligi bo‘yicha jiddiy xavotir uyg‘otuvchi mojaro yuzaga keldi. OneDev kompaniyasi
Iqtisodiyot23:31, 29-09-2026
O'zbekiston Markaziy banki dollar va yevro kurslarini e'lon qildi
O'zbekiston Markaziy banki dollar va yevro kurslarini e'lon qildi
O‘zbekiston Markaziy banki 2026 yil 29 sentyabr kuni uchun xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e’lon qildi. Dollar kursi 18,43 so‘mga arzonlab, 11 806,97 so‘mni
Iqtisodiyot23:49, 28-09-2026
O‘zbekistonda so‘mdagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari pasayishda davom etmoqda
O‘zbekistonda so‘mdagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari pasayishda davom etmoqda
O‘zbekiston bank tizimida milliy valyutadagi muddatli omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari pasayishda davom etmoqda. Markaziy bankning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra,
Iqtisodiyot01:59, 28-09-2026
O'zbekistonga tovuq go'shti importi yetti oyda keskin oshdi
O'zbekistonga tovuq go'shti importi yetti oyda keskin oshdi
O‘zbekiston iste’mol bozorida parranda go‘shtiga bo‘lgan talab sezilarli darajada ortib, tashqi savdo ko‘rsatkichlarida keskin o‘sish kuzatildi. Statistika agentligi
Iqtisodiyot00:45, 28-09-2026
O'zbekistonning import hajmi yetti oyda o'n yetti foizga oshdi
O'zbekistonning import hajmi yetti oyda o'n yetti foizga oshdi
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida import hajmi sezilarli darajada o‘sishda davom etmoqda. Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyul
Iqtisodiyot23:45, 27-09-2026