ENRU

yilgacha har yili 280 ming uy quriladi

Iqtisodiyot
40
yilgacha har yili 280 ming uy quriladi
Yil boshida aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha yirik dastur qabul qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2040 yilga qadar har yili quriladigan uy-joylar sonini ikki barobar oshirib, 280 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan, deb xabar berdi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov. Shuningdek, "Yangi O‘zbekiston" massivlari sonini 61 tadan 120 taga ko‘paytirish belgilangan.

Ayni paytda mamlakatda yiliga 20-25 million kvadrat metr tijorat binolari foydalanishga topshirilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, uy-joy va tijorat binolarining o‘zi har yili kamida 10 milliard dollarlik qurilish materiallariga talab yaratadi.

Toshkent xalqaro investitsiya forumida hamkorlarga umumiy qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan infratuzilma loyihalari taklif qilindi. Ular orasida Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi, Toshkent viloyatida to‘rtinchi misni boyitish fabrikasi hamda O‘rta Chirchiqda yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega Yangi Toshkent aeroportini qurish rejalari bor.

Bundan tashqari, Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli futbol stadioni va 282 kilometrlik Toshkent-Samarqand avtomobil yo‘lini barpo etish ko‘zda tutilgan. Bu loyihalarni amalga oshirishda katta hajmda qurilish materiallari talab etiladi.

Yirik obyektlarda ishlatiladigan mahsulotlarga standart, sifat va sertifikatlash bo‘yicha yuqori talablar qo‘yiladi. Shu sababli bunday loyihalarni mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari bilan bog‘laydigan yangi tizim yaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekiston va Belarus mashinasozlik sohasida chuqurlashgan hamkorlik e’lon qilindi
O‘zbekiston va Belarus mashinasozlik sohasida chuqurlashgan hamkorlik e’lon qilindi
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik yangi strategik bosqichga kirdi. Bu muhim rivojlanish, Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston—Belarus
Iqtisodiyot23:48, 30-09-2026
Aleksey Moskovsev bank omonati bloklangani va qaytarilmadi deganini ochiq qildi
Aleksey Moskovsev bank omonati bloklangani va qaytarilmadi deganini ochiq qildi
O‘zbekiston bank tizimi va fintex sohasida fuqarolarning omonat mablag‘lari daxlsizligi bo‘yicha jiddiy xavotir uyg‘otuvchi mojaro yuzaga keldi. OneDev kompaniyasi
Iqtisodiyot23:31, 29-09-2026
O'zbekiston Markaziy banki dollar va yevro kurslarini e'lon qildi
O'zbekiston Markaziy banki dollar va yevro kurslarini e'lon qildi
O‘zbekiston Markaziy banki 2026 yil 29 sentyabr kuni uchun xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e’lon qildi. Dollar kursi 18,43 so‘mga arzonlab, 11 806,97 so‘mni
Iqtisodiyot23:49, 28-09-2026
O‘zbekistonda so‘mdagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari pasayishda davom etmoqda
O‘zbekistonda so‘mdagi omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari pasayishda davom etmoqda
O‘zbekiston bank tizimida milliy valyutadagi muddatli omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari pasayishda davom etmoqda. Markaziy bankning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra,
Iqtisodiyot01:59, 28-09-2026
O'zbekistonga tovuq go'shti importi yetti oyda keskin oshdi
O'zbekistonga tovuq go'shti importi yetti oyda keskin oshdi
O‘zbekiston iste’mol bozorida parranda go‘shtiga bo‘lgan talab sezilarli darajada ortib, tashqi savdo ko‘rsatkichlarida keskin o‘sish kuzatildi. Statistika agentligi
Iqtisodiyot00:45, 28-09-2026
O'zbekistonning import hajmi yetti oyda o'n yetti foizga oshdi
O'zbekistonning import hajmi yetti oyda o'n yetti foizga oshdi
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida import hajmi sezilarli darajada o‘sishda davom etmoqda. Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyul
Iqtisodiyot23:45, 27-09-2026