ENRU

Ilg‘or texnologiya kompaniyalariga 1980-yildan beri sarmoya kiritilgan 1000 dollar bugun millionlab dollarga aylandi

Iqtisodiyot
30
Ilg‘or texnologiya kompaniyalariga 1980-yildan beri sarmoya kiritilgan 1000 dollar bugun millionlab dollarga aylandi
Texnologiya sohasidagi yirik kompaniyalar birja savdosiga chiqqan dastlabki kuni 1000 dollardan sarmoya kiritilganida, bugungi natija juda katta bo‘lardi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Microsoft 1986 yilda ochiq sotuvga chiqarilgan. Aksiyalar bo‘linishi inobatga olinganda, dastlabki narx 0,07 dollarga teng.

Shu vaqtda kiritilgan 1000 dollar hozir 5,6 million dollarga aylangan bo‘lardi. 1999 yilda Nvidia aksiyalariga sarflangan 1000 dollar taxminan 5 million dollar, 1980 yilda Apple’ga kiritilgan mablag‘ 2,9 million dollar, 1997 yilgi Amazon ochiq sotuvi esa 3,3 million dollar daromad keltirgan bo‘lardi.

Tesla’ning 2010 yilgi ochiq sotuvida kiritilgan 1000 dollar bugun 358 ming dollar, Google’ning 2004 yilgi aksiyalari esa 175 ming dollar qiymatga yetgan bo‘lardi. Bu hisoblar nazariy ssenariyga asoslangan.

Chunki ochiq sotuv vaqtida qaysi kompaniya kelajakda bozor yetakchisiga aylanishini aniq bilib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ko‘plab kompaniyalarning aksiyalari bunday yuqori o‘sishni qayd etmaydi.

Shunday qilib, texnologiya kompaniyalariga sarmoya kiritish foydali bo‘lishi mumkin, lekin bu har doim kutilgan natija bermaydi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi sezilarli darajada pasaydi
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi sezilarli darajada pasaydi
O‘zbekiston iste’mol bozorida narxlar barqarorlashuvi kuzatilmoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning sentyabr oyida tovarlar va xizmatlar narxi
IqtisodiyotBugun, 03:49
O‘zbekistonga qahva importi rekord darajaga yetib o‘sishda davom etmoqda
O‘zbekistonga qahva importi rekord darajaga yetib o‘sishda davom etmoqda
O‘zbekiston iste’mol bozorida qahva ichish madaniyati jadal rivojlanishi natijasida ushbu mahsulot importi rekord darajaga yetdi. Statistika agentligi ma’lumotlariga
IqtisodiyotBugun, 02:51
O‘zbekistonga qo‘y go‘shti import qilish hajmi sezilarli oshdi
O‘zbekistonga qo‘y go‘shti import qilish hajmi sezilarli oshdi
O‘zbekiston ichki iste’mol bozorida go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirish va narxlar barqarorligini saqlash maqsadida xorijdan qo‘y go‘shti olib kelish hajmi sezilarli darajada
IqtisodiyotBugun, 01:57
Dok-1 Maks ishi bo‘yicha jabrlanuvchilarga tovon pullari to‘lanmoqda
Dok-1 Maks ishi bo‘yicha jabrlanuvchilarga tovon pullari to‘lanmoqda
O‘zbekistonda shov-shuvli «Dok-1 Maks» ishi bo‘yicha sud hukmi ijrosini ta’minlash va jabrlangan fuqarolarga tovon pullarini to‘lash jarayoni jadal davom ettirilmoqda.
IqtisodiyotBugun, 00:54
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026-yil 8-oktabr kunidan boshlab amal qiladigan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Mazkur
IqtisodiyotKecha, 23:58
Yevro kursi dollarga nisbatan so‘nggi bir yarim yildagi minimal darajaga tushdi
Yevro kursi dollarga nisbatan so‘nggi bir yarim yildagi minimal darajaga tushdi
Xalqaro valyuta bozorida Yevropa yagona valyutasi AQSH dollariga nisbatan so‘nggi bir yarim yil ichidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bloomberg agentligi
IqtisodiyotKecha, 00:57