ENRU

Andijon viloyatida yengil sanoat mahsulotlari 12,5 foizga oshdi

Iqtisodiyot
41
Andijon viloyatida yengil sanoat mahsulotlari 12,5 foizga oshdi
O‘zbekiston Statistika agentligining yangi hisobotiga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-aprel oylarida mamlakatimiz yengil sanoat sohasida sezilarli o‘sish sur’atlari kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dastlabki to‘rt oy davomida yurtimizdagi yirik korxonalar tomonidan jami 12,9 trillion so‘mlik kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 foizga oshgan.

Raqamlarga e’tibor qaratsak, qiziqarli bir fakt ko‘zga tashlanadi. Mamlakatda ishlab chiqarilgan jami kiyim-kechak mahsulotlarining deyarli 42 foizi, ya’ni 5,4 trillion so‘mlik mahsulot faqatgina bitta hudud — Andijon viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent hududi esa an’anaviy tarzda tikuvchilik sanoatida yetakchilikni saqlab qolmoqda. Andijon viloyati 5,4 trillion so‘m bilinchi o‘rinni egallaydi.

Toshkent viloyati 1,4 trillion so‘m bilan ikkinchi, Namangan viloyati 1,1 trillion so‘m bilan uchinchi o‘rinda turibdi. Farg‘ona viloyati 1 trillion so‘m bilan to‘rtingchi o‘rinni olgan.

Toshkent shahri 999,2 milliard so‘m bilan beshinchi o‘rinni tashkil etmoqda. Samarqand viloyati 687,1 milliard so‘m bilan oltinchi, Buxoro viloyati 449,3 milliard so‘m bilan yettinchi, Qashqadaryo viloyati 431 milliard so‘m bilan sakkizinchi o‘rinni egallagan.

Xorazm viloyati 397 milliard so‘m bilan to‘qqizinchi, Navoiy viloyati 326,2 milliard so‘m bilan o‘ninchi o‘rinda joylashgan. Sirdaryo viloyati 200,2 milliard so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 199,9 milliard so‘m, Surxondaryo viloyati 141,8 milliard so‘m va Jizzax viloyati 132,8 milliard so‘m bilan reytingning oxirgi o‘rinlarini band qilgan.

Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida yirik tikuvchilik majmualardan ko‘ra kichik oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik subyektlari rivojlangani sababli, rasmiy statistikada yirik korxonalar ulushi biroz pastroq ko‘rinish olgan. Umumiy hisobda esa o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari nafaqat ichki bozorni ta’minlamoqda, balki tashqi eksport hajmini ham izchil oshirib bormoqda.

Mamlakatimiz yengil sanoat sohasidagi ijobiy tendentsiyalar kelgusida ham davom etishiga asos bor.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda aholining kreditga bo‘lgan ehtiyoji yuqori darajada saqlanmoqda
O‘zbekistonda aholining kreditga bo‘lgan ehtiyoji yuqori darajada saqlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan joriy yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha tahliliy hisobotda aholining kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoji yuqori darajada
IqtisodiyotKecha, 01:57
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari oltin narxi pasayishi sababli kamaydi
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari oltin narxi pasayishi sababli kamaydi
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralari 2026-yilning sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra 5,55 milliard dollarga yoki 7,7 foizga kamayib, 1-oktyabr holatiga ko‘ra 66,6 milliard dollarni tashkil
IqtisodiyotKecha, 00:41
Markaziy bank dollarning yangi kursini 11 809 so'm etib belgiladi
Markaziy bank dollarning yangi kursini 11 809 so'm etib belgiladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026-yil 8-oktyabr kunidan boshlab amal qiladigan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Mazkur
Iqtisodiyot23:46, 08-10-2026
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi sezilarli darajada pasaydi
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi sezilarli darajada pasaydi
O‘zbekiston iste’mol bozorida narxlar barqarorlashuvi kuzatilmoqda. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning sentyabr oyida tovarlar va xizmatlar narxi
Iqtisodiyot03:49, 08-10-2026
O‘zbekistonga qahva importi rekord darajaga yetib o‘sishda davom etmoqda
O‘zbekistonga qahva importi rekord darajaga yetib o‘sishda davom etmoqda
O‘zbekiston iste’mol bozorida qahva ichish madaniyati jadal rivojlanishi natijasida ushbu mahsulot importi rekord darajaga yetdi. Statistika agentligi ma’lumotlariga
Iqtisodiyot02:51, 08-10-2026
O‘zbekistonga qo‘y go‘shti import qilish hajmi sezilarli oshdi
O‘zbekistonga qo‘y go‘shti import qilish hajmi sezilarli oshdi
O‘zbekiston ichki iste’mol bozorida go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirish va narxlar barqarorligini saqlash maqsadida xorijdan qo‘y go‘shti olib kelish hajmi sezilarli darajada
Iqtisodiyot01:57, 08-10-2026