ENRU

Aksiya halolmi? Uni sotib olishdan oldin nimalarga e’tibor berish kerak?

Iqtisodiyot
41

Bugun xorijiy kompaniya aksiyasini sotib olish uchun katta bilim yoki tajriba shart emas. Telefonda brokerlik hisobi ochiladi, kerakli kompaniya topiladi, bir necha tugma bosib aksiya xarid qilinadi.

Ammo halol investitsiya qilmoqchi bo‘lgan odam uchun bundan oldin yana bir savol turadi: bu aksiyani sotib olish shariatga to‘g‘ri keladimi?

Bu savolga kompaniyaning nima ishlab chiqarishiga qarab javob berib bo‘lmaydi. Uning qarzi, foizli daromadlari, pulini qayerda saqlashi ham hisobga olinadi.

Halol biznes har doim ham halol aksiya degani emas

Toyota’ni olaylik. Kompaniya avtomobil ishlab chiqaradi, bu taqiqlangan faoliyat emas. Birinchi qarashda uning aksiyasini bemalol sotib olsa bo‘ladigandek tuyuladi. Lekin masala bu qadar oddiy emas.

Shariatga moslikni baholashda kompaniyaning moliyaviy holati ham ko‘riladi: foizli qarzi qancha, foiz keltiradigan mablag‘lari bormi, daromadining qancha qismi nojoiz manbalardan keladi. Toyota’da avtomobillarni kreditga sotadigan yirik moliya bo‘linmasi bor va u kompaniya balansidagi qarzni ancha oshiradi. Shu bois Akinda skriningida Toyota aksiyasi biznesi uchun emas, aynan qarz ko‘rsatkichi sababli mezonlardan o‘tmagan.

Oddiy investor uchun bunday ma’lumotni topish oson emas. Moliyaviy hisobotlar yuzlab sahifadan iborat, raqamlar esa har chorakda yangilanib turadi.

Aksiya qanday mezonlar bo‘yicha tekshiriladi

Bu borada ko‘p tayaniladigan manbalardan biri AAOIFI’ning 21-sonli shariat standarti. AAOIFI Islomiy moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit standartlarini ishlab chiqadigan xalqaro tashkilot.

Standartga ko‘ra, avval kompaniyaning faoliyati ko‘riladi. An’anaviy bank va sug‘urta, alkogol, cho‘chqa go‘shti, qimor, tamaki, kattalar uchun kontent yoki qurol bilan bog‘liq kompaniyalar darhol chetda qoladi. Faoliyati bu ro‘yxatga tushmagan kompaniyaning esa moliyaviy ko‘rsatkichlari tekshiriladi. Bunda uchta chegara bor:

  • foizli qarzlar bozor kapitalizatsiyasining 30 foizidan oshmasligi;
  • foiz keltiradigan mablag‘ va qimmatli qog‘ozlar bozor kapitalizatsiyasining 30 foizidan oshmasligi;
  • nojoiz manbalardan keladigan daromad umumiy tushumning 5 foizidan oshmasligi kerak.

Toyota aynan shulardan birinchisidan o‘ta olmagan. Shuni ham aytish kerakki, turli standart va skrining xizmatlarida hisoblash usullari biroz farq qiladi. Shuning uchun chegaraga yaqin kompaniyalar bo‘yicha turli platformalarda turlicha natija chiqishi ehtimoli bor.

Hisobotlarni o‘qib o‘tirmasdan

Har bir aksiya bo‘yicha bu hisob-kitobni o‘zi qilish ko‘pchilikning qo‘lidan kelmaydi. Shuning uchun tayyor skrining xizmatlari mavjud. Ulardan biri Akinda.

Loyihaga Nurmuhammad Ismoilov asos solgan. U halol treyding va investitsiya sohasida sakkiz yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis. Uning aytishicha, Akinda g‘oyasi shu yillar davomida investor sifatida o‘zi duch kelgan muammolardan tug‘ilgan. Keyinroq Nurmuhammad loyihani Zo‘r TV telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvida namoyish etdi va ikki investordan sarmoya oldi.

Servisdan akinda.io sayti yoki iOS va Android ilovalari orqali foydalaniladi. Qidiruvga kompaniya nomi yoki tikerini yozsangiz, aksiyaning shariat bo‘yicha holati chiqadi. Bunda faqat “halol” yoki “halol emas” degan yozuv emas, uning ortidagi ko‘rsatkichlar, fundamental va moliyaviy tahlil ham ko‘rinadi.

Ma’lumotlar yangi hisobotlar chiqqani sari yangilanib boradi. Bu muhim: qarz oshsa yoki boshqa ko‘rsatkich o‘zgarsa, bugun mezondan o‘tgan aksiya ertaga o‘tmay qolishi mumkin.

Tekshiruvdan keyin nima?

Albatta, aksiyaning halolligini bilish bilan ish tugamaydi. Investor kompaniyaning ahvolini, aksiya narxi qanday harakatlanayotganini, uning portfeldagi o‘rnini ham tushunishi kerak. Akinda’da buning uchun texnik va fundamental tahlil, bozor signallari, aksiya grafigini sun’iy intellekt yordamida tahlil qilish vositalari bor. To‘g‘ri, signallar daromadni kafolatlamaydi, ular faqat qaror qabul qilishda yordam beradi.

Strategiyasini real pul tikishdan oldin sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar backtesting orqali uning o‘tmishda qanday natija berganini ko‘radi. Brokerlik hisobini ulagan foydalanuvchi esa barcha aktivlarini bir joyda kuzatadi.

Yangi boshlaganlar uchun aksiyalarni birma-bir tanlab, portfel tuzish ancha qiyin. Shu sababli ilovada turli maqsad va turli investorlar uchun tuzilgan tayyor portfellar ham bor. Ulardagi aksiyalar turli sohalarga taqsimlangan va har biri shariat skriningidan o‘tgan. O‘zi izlanishni afzal ko‘rganlar esa mashhur halol aksiyalar ro‘yxatidan boshlashi mumkin. Bu tavsiya emas, shunchaki boshlang‘ich nuqta.

Birja haqida umuman tasavvuri yo‘q odamlar uchun Akinda Akademiyasi ochilgan. U yerda halol investitsiya asoslari va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida kurslar o‘tiladi.

Xizmatdan faqat alohida investorlar emas, kompaniyalar ham foydalanadi. Banklar va fintech ilovalar Akinda API orqali o‘z mahsulotiga 20 mingdan ortiq aksiya va ETF bo‘yicha shariat filtrini qo‘sha oladi.

Akinda’ni App Store va Google Play’dan yuklab olish yoki akinda.io saytida sinab ko‘rish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Fuqarolarning 22 milliard so'mlik asossiz kommunal qarzdorligi bekor qilindi
Fuqarolarning 22 milliard so'mlik asossiz kommunal qarzdorligi bekor qilindi
O'zbekistonda o'z yashash manzilida ma'lum muddat istiqomat qilmagan, xususan, chet elda o'qigan yoki mehnat qilgan 800 ming nafarga yaqin fuqaroning 22 milliard so'mga yaqin asossiz kommunal
IqtisodiyotKecha, 14:48
O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklari uchun soliq va energiya imtiyozlari berildi
O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklari uchun soliq va energiya imtiyozlari berildi
O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda One.uz xabar
Iqtisodiyot16:46, 14-10-2026
O‘zbekistonda xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojxona yig‘imi kamaytiriladi
O‘zbekistonda xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun bojxona yig‘imi kamaytiriladi
O‘zbekistonda 2024-yilning 1-noyabridan boshlab xalqaro kuryerlik jo‘natmalarini bojxonada rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‘im miqdori 20 foizga kamaytiriladi.
Iqtisodiyot15:38, 14-10-2026
O‘zbekistonda issiq suv va isitish tizimi tariflari oshirilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda issiq suv va isitish tizimi tariflari oshirilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda 2026-yilning 1-noyabridan boshlab markazlashtirilgan isitish tizimi va issiq suv ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni o‘rtacha 30 foizga oshirish taklif etilmoqda. Bu haqda One.uz
Iqtisodiyot23:31, 13-10-2026
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026-yil 14-oktabr kunidan boshlab amal qiladigan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Mazkur
Iqtisodiyot18:58, 13-10-2026
Yangi Toshkentda tadbirkorlar uchun infratuzilma to'lovlari keskin kamaytirildi
Yangi Toshkentda tadbirkorlar uchun infratuzilma to'lovlari keskin kamaytirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar va investorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot davomida Yangi Toshkent hududida biznes faoliyatini yuritish uchun misli ko‘rilmagan yengilliklar berilishini
Iqtisodiyot23:58, 12-10-2026