Markaziy bank dollar kursini 32 so'mga pasaytirdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2026 yil 21 oktyabr kuni uchun xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e’lon qildi. Bu haqda One.uz xabar beradi.
Dollar kursi 32,42 so‘mga pasayib 12 012,30 so‘mni tashkil etdi. Boshqa valyutalar kurslari Yevro narxi 58,03 so‘mga kamayib 13 466,99 so‘mga tenglashtirildi.
Rossiya rubli 0,13 so‘m arzonlab 145,33 so‘m bo‘ldi. Funt sterling 36,03 so‘m pasayib 16 026,81 so‘mga yetdi.
Shveysariya franki 18,09 so‘m kamayib 14 581,57 so‘mni tashkil etdi. Xitoy yuani esa 4,13 so‘m arzonlab 1 798,76 so‘mga belgilandi.





