Bugun
AQSh vakili Stiv Uitkoff Moskva tashrifida.
+8°
дымка ветер 2.1 м/с, В

2025/2026 o‘quv yili 3 va 8 sentabrda boshlanadi

Jamiyat
96
2025/2026 o‘quv yili 3 va 8 sentabrda boshlanadi
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025/2026 o‘quv yilining boshlanish sanalari rasman e’lon qilindi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Yangi o‘quv yili oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylar uchun ikki bosqichda boshlanadi. Birinchi bosqich 3-sentabrdan boshlanib, birinchi kurs talabalari va barcha akademik litsey o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.

Ikkinchi bosqich esa 8-sentabrdan boshlanib, ikkinchi kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun tashkil etiladi. Shuningdek, birinchi kurs talabalari uchun oliy ta’lim muassasalarida maxsus “kirish haftasi” o‘tkaziladi.

Ushbu haftada yangi talabalarga kredit-modul tizimining asosiy jihatlari bilan tanishtirish va o‘quv jarayoniga moslashishda yordam berish maqsadida turli tadbirlar tashkil etiladi. Bu chora-tadbirlar yangi talabalarning o‘quv jarayoniga samarali kirishishini ta’minlashga qaratilgan.

Oliy ta’lim muassasalari va litseylar o‘quv yilini belgilangan tartibda boshlashga tayyorlanmoqda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar