Bugun
Toshkentda Saudiya uslubidagi yangi kompleks quriladi
+13°
дымка ветер 4.1 м/с, В

Andijonda maktab o‘quvchilari guvohnomasiz haydovchi bo‘ldi

Jamiyat
9
Andijonda maktab o‘quvchilari guvohnomasiz haydovchi bo‘ldi
Andijon viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, yo‘l-patrul xizmati xodimlari guvohnomasiz haydash holatlarini aniqladi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

Xususan, Buloqboshi va Baliqchi tumanlarida maktab o‘quvchilari “Cobalt” va “Lacetti” avtomobillarini haydashgani aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining “Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq hujjatlarsiz transport vositalarini boshqarish” moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.

Ichki ishlar organlari ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlariga transport vositasini, ayniqsa haydovchilik guvohnomasiz boshqarishga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ramoqda. Bu chora yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ota-ona va jamoatchilik mas’uliyati yo‘l harakati xavfsizligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun farzandlarimizni qonuniy talablarni bajarishga o‘rgatishimiz zarur.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar