ENRU

Selena Gomez onalik orzusini ochiq aytdi

Madaniyat
39
Selena Gomez onalik orzusini ochiq aytdi
Mashhur qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomez yaqinda o‘z blogida onalik haqidagi orzusi bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu mavzu "Veyverli Pleys sehrgarlari" serialining yangi, qayta suratga olinayotgan qismidagi voqealar sababli yana dolzarb bo‘ldi. Selena o‘zining ijro etgan qahramoni Aleks Russoning ona sifatida ko‘rsatilgan kadrlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ulashib, "Umid qilamanki, bir kun kelib men ham ona bo‘laman", deb yozdi.

Avval bergan intervyularidan birida u sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolar sabab farzand ko‘ra olmasligini tan olgan edi. Vanity Fair nashriga bergan suhbatida Selena shunday degan: "Men ilgari hech kimga aytmaganman, ammo afsuski, o‘z farzandimni ko‘tara olmayman.

Sog‘lig‘imdagi ba’zi muammolar hayotimni va chaqaloqning hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Bu holat meni uzoq vaqt bezovta qilgan." Shunga qaramay, Selena ona bo‘lish istagini yo‘qotmaganini ta’kidladi.

U kelajakda surrogat ona xizmatidan foydalanishi yoki farzand asrab olishi mumkinligini bildirdi. Hozirda Selena Gomez prodyuser Benni Blanko bilan turmush qurgan.

Ular 2024 yil 12 dekabrda rasmiy nikohdan o‘tganini e’lon qilgan, to‘y esa 28 sentyabr kuni Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan. Marosim soddaligi va samimiy muhiti bilan ajralib turgan bo‘lsa-da, unda ko‘plab mashhur shaxslar ishtirok etgan.

Selena Gomezning onalik orzusi va shaxsiy hayotidagi o‘zgarishlar muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026