ENRU

Nilufar Usmonova tarixiy bino oldida yangi klip suratga olyapti

Madaniyat
70
Nilufar Usmonova tarixiy bino oldida yangi klip suratga olyapti
Mashhur o‘zbek xonandasi Nilufar Usmonova ijodida yangi yo‘nalish paydo bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U Instagram sahifasida tarixiy binoda suratga olish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi. Nilufar Usmonova bu joyning nafaqat arxitekturasi, balki ma’naviy ahamiyatga ham ega ekanini ta’kidladi.

Xonanda so‘zlaricha, qadimdan boshlangan buyuklik bugungi kunda zamonaviy asarga aylangan. Bu oddiy bino emas, balki tarixiy merosdir.

U yangi hamkorlik va tarixiy g‘oya ustida ish olib borilayotganini bildirdi. Suratga olish jarayonidan lavhalar va to‘liq video yaqin kunlarda taqdim etilishi kutilmoqda.

Nilufar Usmonovaning bu ijodiy yondashuvi muxlislar va izdoshlari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Hozircha loyiha tafsilotlari haqida aniq ma’lumot berilmagan, ammo bu ish musiqa bilan bir qatorda tarix, dizayn va milliy merosga bo‘lgan e’tiborni ham ifodalaydi.

To‘liq video taqdimoti yaqin orada e’lon qilinadi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan xalqaro mukofot ta’sis etiladi
O‘zbekistonda buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan «Ibn Sino» xalqaro mukofotini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Bu qaror 19
MadaniyatKecha, 21:46
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Marko Rubio Samarqandda O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan tanishdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahridagi Boqiy shahar tarixiy-etnografik majmuasida maxsus madaniy dastur
Madaniyat23:42, 19-10-2026
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Istanbuldagi suv toshqinida qolgan mashhur san'atkorlar qutqarildi
Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mashhur san’atkorlar Murat Boz va Demet O‘zdemirning hayotini xavf ostida qoldirdi. Bu haqda
Madaniyat15:31, 15-10-2026
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindarovni dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatoriga qo'shdi
O‘zbekistonlik taniqli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov o‘z hamkasbi va hamyurti Javohir Sindarovning shaxmatdagi ulkan salohiyatini yuqori baholab, uni dunyo shaxmati tarixidagi eng iste’dodli
Madaniyat23:34, 12-10-2026
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda
Bollivud yulduzi Shohrux Xonning O‘zbekistonga tashrifi bilan bog‘liq xabarlar ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Hind kinosi
Madaniyat23:58, 11-10-2026
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Mashhur bloger MrBeast O‘zbekiston haqida maxsus rukn ochdi
Dunyoning eng mashhur videoblogeri va kontent yaratuvchisi MrBeast, ya’ni Jimmi Donaldson O‘zbekistonga qilgan tashrifi xotiralarini o‘zining Instagram sahifasida alohida bo‘limga joylashtirdi. Bu
Madaniyat23:42, 11-10-2026