ENRU

1609 yilgi ispan oltin tangasi 3,49 mln dollarga sotildi

Madaniyat
72
1609 yilgi ispan oltin tangasi 3,49 mln dollarga sotildi
1609 yilda zarb qilingan ispan oltin tangasi Jeneva shahrida o‘tkazilgan Numismatica Genevensis SA kimoshdi savdosida 3,49 million dollarga sotildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda "Reuters" axborot agentligi xabar berdi. 339 grammlik ushbu tanga Ispaniyaning Segoviya shahrida, qirol Filipp III hukmronligi davrida ishlab chiqarilgan.

Tangani Yangi dunyodan olib kelingan oltindan zarb qilishgan. 1609 yilda qirol Filipp III uchun tayyorlangan bu yirik oltin tanga o‘z davrida qirollik boyligi va hokimiyatining ramzi hisoblangan.

Auksion uyi asoschisi Alen Baronning ta’kidlashicha, tanganing qiymatini o‘sha davrdagi oddiy kishining ko‘p yillik mehnat haqi bilan qiyoslash mumkin edi. Bu tanga bir necha asr davomida bedarak bo‘lgan.

Taxminan 1950-yillarda u AQSHga yetib borib, u yerda Nyu-Yorklik kolleksioner tomonidan sotib olingan. Keyinchalik u ispan xaridorga sotilgan va yana kim oshdi savdosida shaxsi noma’lum kolleksionerga o‘tgan.

Ushbu tarixiy tanga endilikda Yevropadagi eng qimmat tangalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
Toshkentda «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimi o‘tkazildi
2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi birinchi marta o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz
MadaniyatKecha, 15:45
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
Xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova Toshkentda o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu
MadaniyatKecha, 11:57
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala”
MadaniyatKecha, 11:54
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik aktyor Tom Skerritt 93 yoshida vafot etdi
Amerikalik taniqli aktyor Tom Skerritt 21 oktyabr kuni 93 yoshida hayotdan o‘tdi. Uning oilasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgan.
Madaniyat15:42, 23-10-2026
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Burak Ozchivit Toshkentda musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi
Turk aktyori Burak Ozchivit 19 noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena sahnasida "BURAK IN BRAVO ORCHESTRA" nomli musiqiy-teatral shouda ishtirok etadi. Tadbir Bravo
Madaniyat15:42, 22-10-2026
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
«Oltin qalam» mukofoti Parijdagi elchixonada topshirildi
Fransiyalik jurnalist, «Georama» nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga «Oltin qalam» milliy mukofotining xalqaro tanlovi doirasidagi sovrin Parijda
Madaniyat13:49, 22-10-2026